Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
4 ta metan zapravka 18 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) faoliyatida qator qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Foto: Videodan kadr
“Hududgazta’minot” xabar berishicha, Nukus shahrida joylashgan “D. C.” MChJga qarashli AGTKShda elektron gaz hisoblash uskunasiga (EGHU) tashqi ta’sir o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi. Holat bo‘yicha 3,4 mlrd so‘mli tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi.
Yana bir shunga o‘xshash holat shahardagi “E. A. M. G.” MChJga tegishli gaz to‘ldirish shoxobchasida ham sodir bo‘lgan. Hisoblagichga ta’sir o‘tkazib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan korxonaga 217,3 mln so‘mlik jarima belgilangan.
Nukus tumanida joylashgan “D. C. O.” MChJga qarashli AGTKSh nazoratdan o‘tkazilganda, hisoblagichning diafragma diametri va korxona raqami mavjud emasligi aniqlangan. Qonunbuzilish holati bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, 8,6 mlrd so‘mlik tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi.
Xo‘jayli tumanidagi “B.” MJChga tegishli AGTKShda ham EGHUning ham diafragma diametri va zavod raqami mavjud emasligi aniqlangan va qayta hisob-kitob amalga oshirilib, 6,1 mlrd so‘mlik jarima belgilangan.
Barcha holatlar bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.
Mavzuga oid
09:32 / 12.01.2026
Raqobat qo‘mitasi gaz narxlarini asossiz oshirish alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi
08:35 / 12.01.2026
Mo‘ynoqda yangi quduqdan sanoat miqyosida gaz oqimi aniqlandi
11:53 / 09.01.2026
Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya berilmoqda
16:08 / 18.12.2025