Suriyada isyonchilar Halab shahriga kirganini e’lon qildi
Isyonchilar 27 noyabr kuni Halab viloyatining g‘arbiy qismida Bashar Asad hukumat kuchlariga qarshi keng ko‘lamli hujum boshlagan edi.

Foto: Bakr Alkasem/AFP/Getty Images
Suriya prezidenti Bashar Asad kuchlariga qarshi kurashayotgan jangarilar guruhi mamlakatning eng katta shahri Halabga kirganini e’lon qildi. Bu haqda CNN isyonchilar bayonotiga tayanib yozdi. Ushbu ma’lumotni mustaqil manbalar orqali tasdiqlash imkonsiz.
«Bizning kuchlarimiz Halab shahriga kirishni boshladi», deb telekanal yangi tashkil etilgan isyonchilar koalitsiyasi Harbiy operatsiyalar qo‘mondonligi bayonotidan iqtibos keltirdi.
«Suriya Inson huquqlari kuzatuv guruhi» (Buyuk Britaniyada joylashgan) ham jangarilar Halabga kirganini xabar qildi. Shahardagi guvohlarning AP agentligiga aytishicha, aholi raketa hujumlari va o‘qqa tutilgani uchun shaharning g‘arbiy chekkasidagi hududlardan qochib ketmoqda.
29 noyabr kuni ertalab Turkiyaning Anadolu davlat agentligi jangarilar Halab chekkasiga bir kilometr uzoqlikda yaqinlashgani haqida xabar berdi. Ikki kun ichida qurolli guruhlar Halab va Idlib viloyatlarida 56 ta aholi punktini nazorat ostiga oldi, shuningdek, Asad kuchlariga tegishli og‘ir qurollar, omborlar va jihozlarni qo‘lga kiritdi.
Hukumat kuchlari 29 noyabr kuni e’lon qilgan bayonotda Halab atrofidagi qishloqlarda jangarilar bilan to‘qnash kelgani, raqibning dronlari va og‘ir texnikasi yo‘q qilingani haqida xabar berdi. Shuningdek, ular jangarilarni muvaffaqiyatlari haqida yolg‘on ma’lumot tarqatishda aybladi.
Halab Suriyaning 3 milliondan ortiq odam istiqomat qilgan eng katta shahri bo‘lib, 2011 yilda fuqarolar urushi boshlanganidan beri hukumat kuchlari va qurolli muxolifat guruhlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik markaziga aylandi.
2016 yilda Suriya hukumati kuchlari va Rossiya Qurolli kuchlarining hujumi natijasida jangarilar Halab chekkasiga quvildi. 2020 yilda ular Halabdan to‘liq quvib chiqarilgan edi.
Suriyadagi isyonchilar 27 noyabr kuni Halab viloyatining g‘arbiy qismida Bashar Asad hukumat kuchlariga qarshi keng ko‘lamli hujum boshladi. Bu mintaqada so‘nggi to‘rt yil ichida birinchi yirik operatsiya ekani ta’kidlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Chorvoq suv omboriga oqova suv quyilayotgani rad etildi
Jamiyat | 20:44
-
Turkiyalik 12 askar Iroqdagi g‘orda metandan zaharlanib halok bo‘ldi
Jahon | 20:38
-
Saida Mirziyoyeva Zoyid nomidagi xalqaro mukofotning hakamlar hay’atiga kiritildi
O‘zbekiston | 20:03
-
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot bilan tanishdi
O‘zbekiston | 19:58
Mavzuga oid

17:34
Gretsiya 14 yil ichida ilk bor suriyaliklarga boshpana berishni rad etdi

22:45 / 05.07.2025
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi

11:07 / 05.07.2025
AQSh Suriya bilan bog‘liq terrorchilik tuzilmalari ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqadi

19:10 / 04.07.2025