Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Tayvanga F-16 qiruvchi samolyotlari uchun ehtiyot qismlar va radiolokatsion tizimlar yetkazib beradi
Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, bitim qiymati 320 mln dollarni tashkil etadi. Bundan tashqari, AQSh Tayvanga qariyb 65 mln dollarlik modernizatsiya qilingan mobil aloqa qurilmalarini yetkazib berishi mumkin.
Vashington Tayvanda navbatdagi qurollanish partiyasini — F-16 qiruvchi samolyotlari uchun ehtiyot qismlar va radiolokatsion tizimlar sotishni ma’qulladi. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, bitim qiymati 320 million dollarni tashkil etadi.
Bundan tashqari, AQSh Davlat departamenti Tayvanga qariyb 65 million dollarlik modernizatsiya qilingan mobil aloqa qurilmalarini sotish ehtimolini istisno etmagan. Mazkur ikkinchi paket AQSh Kongressining har ikki palatasi tomonidan ma’qullanishi kerak.
Bosh pudratchi General Dynamics kompaniyasi bo‘ladi. Tayvan Mudofaa vazirligiga ko‘ra, savdoga oid bitim bir oy davomida hal bo‘lishi kerak. «Tayvan va Qo‘shma Shtatlar bo‘g‘ozdagi va Hind-Tinch okeani mintaqasidagi tinchlik hamda barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlashni davom etadi», — deyiladi xabarda. Ushbu bayonet Tayvan prezidenti Uilyam Lay Tinch okeani mintaqasi bo‘ylab safarga yo‘l olishidan bir kun oldin tarqatildi. Lay o‘z safari davomida Gavayi, Guam va Marshall orollariga tashrif buyuradi.
29 noyabr kuni Xitoy AQShni Tayvan bilan munosabatda «o‘ta ehtiyot bo‘lish»ga chaqirgan edi. Xitoy hukumati Layning safarini «yagona Xitoy tamoyillarini buzuvchi provokatsiya» sifatida ko‘rmoqda.
Oktyabr oyida AQSh Tayvanga 2 milliard dollarlik qurollanish paketini yetkazishi mumkinligini e’lon qilgandi. Vashington Tayvan bilan rasmiy diplomatik aloqa o‘rnatmagan, ammo qonunga muvofiq, orolga o‘zini o‘zi mudofaa qilishi uchun himoya vositalarini yetkazib berishga majbur.
Mavzuga oid
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
11:00 / 26.06.2026