Suriyaning Idlib viloyati butunlay isyonchilar nazoratiga o‘tdi - OAV
Avvalroq, ular Halab shahrini egallagan edi. Suriya armiyasiga isyonchilar kirib kelgan shaharning asosiy hududlaridan «xavfsiz chekinish» bo‘yicha buyruq berilgani ta’kidlanmoqda.

Foto: REUTERS/Mahmoud Hasano
Isyonchilar Suriyaning Maraat an-Numon shahrini egallab oldi, Idlib viloyati to‘liq isyonchilar nazoratiga o‘tdi, deb yozdi Reuters manbalarga tayanib. Avvalroq Suriya armiyasi isyonchilar Halab shahrining katta qismini egallaganini tan olgan edi.
Suriya fuqarolik mudofaasi, shuningdek, Suriya va Rossiya aviatsiyasi Halab shahridagi turar-joylar, yoqilg‘i quyish shoxobchasi va maktabga havodan zarbalar yo‘llagani haqida xabar berdi. Qayd qilinishicha, Moskva Damashqqa qo‘shimcha harbiy yordam haqida va’da bergan, u yaqin 72 soat ichida yetib kelishi mumkin.
Suriya armiyasiga isyonchilar kirib kelgan shaharning asosiy hududlaridan «xavfsiz chekinish» bo‘yicha buyruq berilgani ta’kidlanmoqda.
26 noyabr kuni suriyalik isyonchilar Halab shahri va Idlib viloyatiga qarshi hujum boshladi. Bu 2020 yildan beri eng katta yurish bo‘ldi. 29 noyabr kuni isyonchilar Halabga kirganini ma’lum qildi. Suriya harbiy qo‘mondonligi ma’lumotlariga ko‘ra, hujumda og‘ir qurollar va uchuvchisiz samolyotlarga ega «minglab xorijiy yollanma jangarilar» ishtirok etmoqda.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
Jahon | 02:31
-
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
Jahon | 01:40
-
NYT: Trampning oilasi aprel oyida kamida 2 mlrd dollarga boyidi
Jahon | 01:09
-
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Jahon | 23:40 / 14.05.2025
Mavzuga oid

12:27 / 14.05.2025
Tramp Suriyaga nisbatan sanksiyalar bekor qilinishini aytdi

23:45 / 13.05.2025
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi

19:01 / 07.05.2025
Suriya va Isroil BAA vositachiligida yashirin muzokaralar olib bormoqda - Reuters

12:44 / 06.05.2025