Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya klinikalari sun’iy idrok yordamida bemorlarning o‘lim sanasini hisoblashni boshlaydi
Bunday usulning aniqlik darajasi 78 foizgacha yetishi ma’lum qilindi.
Foto: AP
Buyuk Britaniyada shifokorlar bemorning ehtimoliy o‘lim sanasini bashorat qilish uchun sun’iy idrokka asoslangan tizimdan foydalanishni boshlaydi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Tizim elektrokardiogramma (EKG) asosida ishlaydi, u yurakning elektr faolligini bir necha daqiqa davomida qayd etadi. EKG ma’lumotlarini tahlil qilish orqali sun’iy idrok oddiy diagnostika usullari bilan aniqlash qiyin bo‘lgan sog‘liq uchun yashirin xavflarni aniqlashi mumkin.
Dastur EKG o‘tkazilgandan so‘ng o‘n yil davomida bemorning vafot etish xavfini 78 foizgacha aniqlik bilan prognoz qila oladi. Texnologiyaning dastlabki sinovlari Londondagi bir nechta shifoxonada o‘tkazilib, ularda yuzlab bemorlar ishtirok etdi. Kelajakda tadqiqotda qatnashuvchilar sonini ko‘paytirish rejalashtirilgan.
London shifoxonalaridan birining kardiologi Arunashis Sau yangi tizim kasallik xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni topishga yordam berishini tushuntirdi. Texnologiya EKGni tahlil qilish orqali aritmiya va yurak yetishmovchiligi alomatlarini ular o‘zini namoyish qilishidan ancha oldin aniqlaydi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, bu vosita shifokorlar o‘rnini bosmasa-da, oddiy tashxis imkoniyatlaridan tashqariga chiqishga yordam beradi.
Avvalroq londonlik olimlar saratonni sun’iy intellekt yordamida davolashning yangi usulini kashf etgandi. Bunda bemorlarning raqamli “egizaklari” yaratiladi va muolaja avval ularda sinab ko‘riladi.
Mavzuga oid
22:17 / 23.01.2026
Olimlar videoo‘yinlar va ijtimoiy tarmoqlarning o‘smirlar ruhiyatiga zararini rad etdi
17:19 / 20.01.2026
Tadqiqot: noteng daromadlar siyosiy beqarorlikka olib boradi
13:13 / 10.01.2026
Germaniya, Fransiya va Britaniya Rossiyaning “Oreshnik” raketa zarbasini qoraladi
18:58 / 23.12.2025