Bedarvoza bojxona va ğoyib bölayotgan maşinalar – Kun.uz’da katta suriştiruv
|01:47 / 28.11.202442 43511 min
2024 yilning 16 avgust kuni soat 10:00 da Akbar Mamajonov ismli şaxs boşqa birovga tegişli Cobalt maşinasini boşqarib, “Yallama” çegara posti orqali Qozoğistonga ötib ketgan. Unda mazkur maşinani boşqariş huquqi bölmagan. Çegaradan ötkazilgaç, Cobalt izsiz yöqolgan. Kun.uz suriştiruvida aniqlanişiça, 50 ga yaqin ana şunday maşina bojxonaçilar köz öngida Qozoğistonga olib çiqib ketilgan. Suriştiruvda Özbekiston bojxona tizimining zaif tomoni, ya’ni hatto öğirlangan maşinalarni bojxona postlari orqali bemalol olib çiqib ketiş mumkinligi haqida söz boradi.
Özbekistonda “vykup”ga (bölib tölaş şarti bilan) xarid qilingan turli rusumdagi 50 ga yaqin maşina Qozoğistonga ötkazib yuborilgan. Ularning ayrimlarini çegara postlaridan boşqariş huquqi bölmagan şaxslar haydab olib ötgan. Kun.uz bu ma’lumotga bir murojaatni örganiş davomida duç keldi.
Ğoyib bölgan Cobalt
Tahririyatga murojaat qilgan Toşkent şahrida yaşovçi I.X. Cobalt maşinasini nasiya-savdoga (bölib tölaş şarti bilan) sotib, aldanib qolganini ma’lum qildi. Uning bildirişiça, maşinasini 2024 yil avgust oyida Abdurasulov Abdulla ismli şaxsga bölib tölaş şarti bilan sotgan. Kelişuvga asosan xaridor unga avvaliga 3 ming AQŞ dollari bergan. Qolgan pulni 25 oy davomida har oyda 600 AQŞ dollaridan tölab borişi kerak bölgan.
“Bir oydan söng oylik tölov qilinmagaç, Abdullaga qönğiroq qildim. Ammo boğlana olmadim, telefoni öçirilgan ekan. Keyin Telegram orqali gaplaşa boşladik. U maşinam Qozoğistonga çiqarib yuborilganini, özi ham boşqa odamlarga aldanib qolganini aytib, turli bahonalar qila boşladi. Maşinani Abdullaga işonçnoma bilan bergandim”, deydi Cobalt egasi.
I.X. maşinasini 2024 yil 15 avgust kuni Abdulla Abdurasulovga sotgan. 16 avgust kuni soat 10:00 da esa ayni şu maşina Akbar Mamajonov ismli şaxs boşqaruvida “Yallama” çegara posti orqali Qozoğistonga haydab çiqib ketilgan. Maşinani işonçnoma aosida boşqariş huquqi Abdulla Abdurasulovda bölgan. Akbar Mamajonovda esa uni boşqariş huquqi bölmagan.
Şu tariqa, çegaradan olib ötilgan Cobalt izsiz ğoyib bölgan.
“Qidiruvdagi” xaridor
I.X. maşinasi ğoyib bölgaç Abdulla Abdurasulovdan uni qaytarib berişni talab qila boşlagan. Sababi, xaridor kelişuv böyiça oylik tölovni amalga oşirmay qöygandi.
Mavzuga oid
Mulk egasining urinişlari samara bermagan. U Abdullani izlab yaşaş manzili – Toşkent şahrining Olmazor tumanidagi Ğani A’zamov mahallasiga borgan.
“Öşa hududdagi dökonlarga kirib Abdulla Abdurasulovning turar joyini söradim. Uning suratini dökon sotuvçisiga va öşa yerda turgan bir neça fuqarolarga körsatdim. Ular esa Abdullani köplab odamlar qidirayotganini, u köpçilikni aldagan holda maşinasini olib, Qozoğistonga ötkazib sotiş bilan şuğullanişini aytdi. Şunda aldanganimni bildim.
Keyin özim kabi Abdullaga maşina sotib, aldangan fuqarolarning ayrimlarini topib, gaplaşdim”, deydi I.X.
Şundan söng I.X. holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qila boşlagan. Hatto maşinasini izlab, Qozoğistonga ham ötib kelgan, ammo bundan natija bölmagan.
“Qozoğistonda Yandeks qilmoqçi edik”
Abdulla Abdurasulov bir neça oy davomida 50 ga yaqin maşinani Qozoğistonga ötkazgan. Kun.uz’da uning özi buni tan olgani haqidagi videolavha bor.
Videolavhada Abdulla Abdurasulov maşinalarni Qozoğistonga ötkazib, taksi xizmatini yölga qöymoqçi bölganini, ammo qozoğistonlik şeriklariga aldanib qolganini bildirgan.
“Men oldin taniş bölgan Inom ismli çimkentlik yigit bilan aprel oyi boşida gaplaşdim. “Özbekistondan maşina yuborsang, Yandeksda işlaymiz”, dedi. U bilan kelişdik. Men bu yoqdan “arenda”ga maşina olib, Inomga jönata boşladim. 30 ga yaqin maşina yuborganimdan keyin u “Men Malik degan odam bilan işlayman. Sen öşa bilan işla”, dedi. Keyin öşa Malik ismli odam bilan işladik, maşinalarni unga jönatişni boşladim. Qariyb 50 ta maşina jönatganimdan söng u yoqdan arendalarning puli kelmay qoldi.
Orada menga telefon qilib, maşinalardan biri Özbekiston bojxonasiga kirgan ekan, uşlanib qolibdi, dedi. Bilsam, u men çiqargan maşina ekan. Ular Qozoğiston raqamini taqib qöyişgan ekan. Bilsam maşinalarning barçasini “oformeleniye” qilib, soxta hujjat tayyorlagan holda Qozoğiston davlat raqamini taqib, sotib yuborişayotgan ekan.
Men ularga maşinalarni qaytaringlar, dedim. Malikka ham, Inomga ham aytdim. Ular “tuda-suda” dedi, ammo maşinalarni qaytargani yöq. Bölgan gap-sözlari şu”, deydi Abdulla Abdurasulov videolavhada.
“Pul bersang maşinang qaytadi”
Çegaradan olib ötib ketilgan Cobalt yöqolgaç, Abdulla Abdurasulov uning egasi I.X.ga ma’lum miqdorda pul bersa, maşinasini qaytarib keltirib berişni ayta boşlagan. Bu haqda Kun.uz’da bir neçta audiomateriallar bor.
“Aka, kördingiz, men birinçi bölib siznikiga harakat qildirtirdim. Nima qölimdan kelsa, harakat qildim. Hozir bu qilayotgan bola pul olmasdan qilmaydi. Anov bola ham 650 dollar pul ötkazib berib, keyin borib maşinasini oldi. Borganda yana 150 dollar pul berdi.
Men harakat qilyapman, faqat özimning qölim kaltalik qilib turibdi. Siz ana şu bolaga 300 ming tenge bering, yuz foiz qaytarib olib kelib beradi maşinangizni. Qilyapti-da, aka, köryapman. Yana bitta maşinani berib böldik mana. Siznikini ham qöşdirib, berdirtirib yuboraman”, degan u suhbatlardan birida.
Yana bir suhbatda esa qozoğistonlik yigitlar bilan gaplaşganini, 150 ming tenge bersa maşinani topişlarini, kalitni qölga olgaç esa qolgan pulni berişi kerakligini aytgan.
GPS orqali topilgan Lacetti
Abdulla Abdurasulov orqali Qozoğistonga çiqarib yuborilgan maşinalardan biri – qora rangli Lacetti maşinasi ortga qaytarilgan. Mulk egalari maşinasini Qozoğistondan, davlat raqamlari yeçib olingan holda yaşirib qöyilgan joyidan topgan. Maşinaning topilişida esa unga örnatilgan GPS tizimi yordam bergan.
Kun.uz’da mavjud bölgan videoda körinişiça, mulk egalari Qozoğiston huquqni muhofaza qiluvçi organlari xodimlari iştirokida maşina yaşirib qöyilgan joyga borgan va maşinani topgan. Organ xodimlari “texpasport”dagi kuzov raqami bilan maşina kuzov raqamini soliştirib körganda ular bir xil ekani ma’lum bölgan.
Şundan söng maşina yaşirilgan joyidan haydab olib ketilgan va egasiga qaytarilgan.
Tergovdagi “delo”
Uşbu holat yuzasidan Toşkent viloyati Çirçiq şahar IIB tomonidan jinoyat işi qözğatilgan. Buni Çirçiq şahar IIBning 2024 yil 18 sentabrda Adliya vazirligi hamda Bojxona qömitasiga çiqargan xatlarida ham öqiş mumkin.
Jumladan, IIB Adliya vazirligiga jönatgan xatida Abdulla Abdurasulov nomiga avtotransport vositalarini boşqariş uçun berilgan işonçnomalar töğrisida ma’lumot söragan.
Bojxona qömitasiga yuborilgan xatda esa Abdulla Abdurasulov 2024 yil 10 iyul kunidan 18 sentabr kuniga qadar Özbekiston çegara postlari orqali qanday rusumli va qanday davlat raqamli maşinalarda qaysi çet davlatga çiqib ketgani haqida ma’lumot söralgan.
“Xaridor” qayerda?
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda köp miqdorda firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Bu holatda gumondorga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanişi mumkin.
Biroq murojaatçiga köra, Abdulla Abdurasulov oçiqda, u bilan hamon Telegram orqali boğlanib turibdi. Abdulla Abdurasulov qidiruvdagi şaxslar röyxatida ham yöq.
Kun.uz mazkur işni tergov qilayotgan Çirçiq şahar IIB tergovçisi bilan boğlandi. U tergov harakatlari böyiça ma’lumot berolmasligini, tergov hali davom etayotganini bildirdi.
Bojxonami yoki karvonsaroy?
Holatdagi eng şubhali nuqta – maşinalarning bojxona ötkaziş punktidan boşqaruv huquqi bölmagan şaxs tomonidan haydab çiqib ketilişi bilan boğliq.
Toşkent şahrida xususiy amaliyot bilan şuğullanuvçi notariuslardan birining Kun.uz’ga tuşuntirişiça, ayrim hollarda işonçnomaga mijozning talabi bilan maşinani çet elda ham boşqariş mumkinligi huquqi yozib qöyiladi. Bunday işonçnoma rus tilida tayyorlanadi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham onlayn işonçnoma rasmiylaştirilişi mumkin. Ammo portal orqali rasmiylaştirilganda işonçnoma maşinani boşqa davlatga olib çiqib ketiş huquqisiz beriladi.
I.X. Abdulla Abdurasulovga işonçnomani portal orqali rasmiylaştirib bergan.
Abdulla Abdurasulov tomonidan Qozoğistonga çiqarib yuborilgan maşinalarning aksariyatini çegara postlaridan uşbu maşinalarni boşqariş huquqi bölmagan haydovçilar haydab ötgan. Bu uşbu jinoyat işining kölami yanada kattaroq bölişi mumkinligi haqidagi şubhalarni uyğotadi.
Xöş, Özbekistondan olib çiqib ketilgan maşinalar qayerda? Yer tagida ilon qimirlasa sezadigan bojxonaçilar önlab avtomobillarni qanday qilib bu tarzda çegaradan ötkazib yuborgan? Kun.uz holat yuzasidan Bojxona qömitasi vakili bilan boğlandi. Uning ma’lum qilişiça, çegaradan haydab ötilayotgan maşinaga tegişli (rusumi, davlat raqami, ya’ni “texpasport” ma’lumotlari) hamda haydovçining “prava”sidagi barça ma’lumotlar bazaga kiritiladi. Ammo bojxona xodimlari haydovçida çegaradan boşqarib olib ötayotgan maşinasini boşqariş huquqi bor yoki yöqligini tekşiriş vakolatiga ega emas.
Bundan kelib çiqadiki, olib qoçilgan maşinalarni agar “texpasport”i bölsa Özbekistonning istalgan çegara posti orqali çet davlatga olib çiqib ketiş mumkin. Bu öğirlangan maşinalarni Özbekiston hududidan olib çiqib ketişda çegara postlaridagi haqiqiy “yaşil yölak”dir.
Kun.uz mavzu yuzasidan suriştiruvni davom ettiradi. Şu yoki şunga öxşaş muammoga duç kelgan bölsangiz @kunuzmurojaat Telegram manziliga murojaat qoldirişingiz mumkin.