Harvard universiteti muhandislari heç qanday dvigatel va mexanizmlarsiz mini suzuvçi robotlarni qanday yaratiş mumkinligini öylab topdi. Buning uçun mutaxassislar Marangoni effektini esladi — unda sirt tarangligi kiçik bölgan suyuqliklar tarangligi katta modda böylab tez yoyiladi.
Ğoyani hayotga tatbiq etiş uçun olimlar diametri taxminan bir santimetr bölgan dumaloq plastik şaybalarni 3D printerda çop etdi. Uşbu şaybalarning içiga suzişni ta’minlovçi havo kamerasi va spirt solingan kiçkina yonilği baki joylaştirildi. Spirt asta-sekin oqib çiqib, robotni oldinga harakatlantirdi. Spirt bejiz tanlanmagan: uning sirt tarangligi kiçik, juda tez buğlanadi va suvni ifloslantirmaydi.
Tajriba mualliflaridan biri Jyekson Uilt tuşuntirişiça, robotni harakatlantiradigan eng muhim omil — spirtli içimlikning kuçli ta’siri. Tajribada aroq boşqa içimliklardan yaxşiroq natija bergan. Tarkibida spirt nihoyatda köp bölgan absent içimligi esa eng katta ta’sir ötkazdi. Robot harakati maksimal tezlikda sekundiga 6 santimetrga çiqdi, ba’zi urinişlarda esa 8,5 daqiqagaça harakatlanişga muvaffaq böldi.
Biroq olimlar buning özi bilan çeklanib qolmadi. Keyinçalik ular bir neçta yonilği teşiklariga ega şaybalarni 3D printerdan çiqardi, bu esa yanada kattaroq robotlarni yaratiş imkonini berdi.
Avvalroq xitoylik olimlar sun’iy idrok asosida avtonom işlay oladigan birinçi qutqaruvçi robotni yaratgandi. Sinovdan muvaffaqiyatli ötgan robot daryoda doimiy patrullikni boşlagan. U inson aralaşuvisiz keça-yu kunduz navbatçilik qila oladi.











