Jamiyat | 09:09 / 05.12.2024
3452
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning uchta tumanida elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi

Foto: Toshkent shahar elektr tarmoqlari

Elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida 5 dekabr kuni Toshkentning uchta tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

  • Yunusobod tumani: “Obod”, “Bog‘ibo‘ston”, “Oqtepa”, “Mirzo Ulug‘bek”, “Shayh Shivli”, “Firdavsiy”, “Otchopar-1” va “Otchopar-2” MFY ayrim hududlarida soat 09:00 dan 19:00 gacha;
  • Mirobod tumani: “Parvona”, “Fayzobod”, “Baratxo‘ja”, “Ziyonur”, “Bilimdon”, “Yuksalish”, “Yangi Qo‘yliq”, “Tolariq”, “Chinor”, “Qo‘yliq ota” va “Bayot” MFY ayrim hududlarida;
  • Sergeli tumanining: “Nomdanak”, “Sultonobod”, “Xonobod”, “Xonobodtepa”, “Xontepa”, “Eski Jaloyir”, “Ko‘hnaqumariq”, “Ziyolilar”, “Eshonbuloq”, “Izzatli”, “Sadoqat”, “Shukrona”, “Xalqobod”, “Madaniyat”, “Qushqo‘rg‘on”, “Asrobod”, “Eshonbuloq” hamda “Kengmakon” MFY ayrim hududlarida.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi bildirib o‘tildi.

4-11 dekabr kunlari “Teplichnaya” podstansiyasida eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish ishlari olib borilishi sabab Sergeli tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

Ushbu hududlar: “Nomdanak”, “Sultonobod”, “Xonobod”, “Xonobodtepa”, “Xontepa”, “Eski Jaloyir”, “Ko‘hnaqumariq”, “Ziyolilar”, “Eshonbuloq”, “Izzatli”, “Sadoqat”, “Shukrona”, “Xalqobod”, “Madaniyat”, “Qushqo‘rg‘on”, “Asrobod”, “Eshonbuloq” hamda “Kengmakon” MFY ayrim hududlarida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid