AQShda 2024 yil boshidan beri 1120 kishi politsiya xodimlari qurboniga aylandi
So‘nggi 10 yil ichida politsiya harakatlari oqibatida eng ko‘p halok bo‘lganlar 2023 yil hisobiga to‘g‘ri keladi. Ammo joriy yilgi raqamlar bu boradagi ko‘rsatkichlar oshishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
AQShda 2024 yil boshidan beri politsiyachilar tomonidan kamida 1120 kishi o‘ldirildi. Bu haqda shu turdagi statistikani yuritish bilan shug‘ullanadigan Mapping Police Violence platformasida so‘z boradi.
Hisobot davrida faqat 13 kun davomida politsiya xodimlari tomonidan qotillik holatlari qayd etilmagan.
Ta’kidlanishicha, 2023 yilda 1247 kishi politsiyachilar qurboniga aylangan — ularning 27 foizi afroamerikaliklardir. O‘tgan yili politsiya xodimlari tomonidan o‘ldirilgan fuqarolarning aksariyati Nyu-Meksiko shtati hisobiga to‘g‘ri keladi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 10 yil ichida politsiya harakatlari oqibatida eng ko‘p halok bo‘lganlar 2023 yil hisobiga to‘g‘ri keladi, 2024 yilning 10 oyi davomida ko‘rsatkichlar esa bu borada o‘sishlar kuzatilishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Aksariyat hollarda (98,1 foiz) politsiya xodimlari qotillik uchun javobgarlikka tortilmagan. Umumiy hisobda 2013 yildan beri AQShda 13 mingga yaqin odam politsiyachilar qurboniga aylangan.
Mavzuga oid
11:30 / 21.12.2024
Qo‘rqmas jangchi – Saddam Husaynning nabirasi amerikalik askarlarga qarshi qanday jang qilgandi?
19:29 / 20.12.2024
Reuters: Bayden administratsiyasi Ukrainaga oxirgi harbiy yordam paketini e’lon qilishga tayyorlanmoqda
13:43 / 20.12.2024
O‘zbekistonning JSTga kirish bo‘yicha AQSh bilan muzokaralari rasman yakunlandi
22:32 / 18.12.2024