AQSh birinchi marta ballistik raketani muvaffaqiyatli tutib qoldi
Tinch okeanidagi Guam orolida o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketa sinovi o‘tkazildi va AQSh Harbiy-havo kuchlari ushbu raketani tutib qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: Getty Images
AQSh Raketaga qarshi mudofaa agentligi (MDA) ilk bor havodan uchirilgan ballistik raketani muvaffaqiyatli tutib qoldi. Bu haqda Pentagon matbuot xizmatiga tayanib, Reuters xabar berdi.
Qayd etilishicha, Tinch okeanidagi Guam orolida o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketa sinovi o‘tkazilgan. Sinov davomida Aegis Guam raketaga qarshi mudofaa tizimi Amerikaning RTX kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan SM-3 Block IIA raketasini uchirgan. U AQSh Harbiy-havo kuchlarining Andersendagi bazasi yaqinida nishonni tutib qolgan.
Agentlikka ko‘ra, ushbu sinov Guam mudofaa tizimini takomillashtirish tashabbusining bir qismi hisoblanadi.
Guam Tinch okeanining g‘arbiy qismida joylashgan va AQShning «qo‘shib olinmagan hududi» maqomiga ega. U yerdan Xitoygacha bo‘lgan masofa 3 ming kilometrga teng. Orol AQShning mintaqadagi ishtirokini ta’minlashda va potensial raqiblarni tutib turishda muhim rol o‘ynaydi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 21 noyabr kuni Ukrainaga o‘rta masofaga mo‘ljallangan «Oreshnik» eksperimental ballistik raketasini uchirgan edi. O‘shanda RF prezidenti Vladimir Putin «bu kabi raketaga qarshi va uni tutib qoluvchi vositalar bugungi kunda dunyoda yo‘q, mavjud emas»ligini ma’lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilning Eronga zarbasi Tramp tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi
Jahon | 19:46
-
«Menga bu medal va qog‘ozlarning keragi yo‘q» – Washington Post Sumiga raketa zarbasi kunidagi taqdirlashda qatnashgan harbiylar bilan gaplashdi
Jahon | 19:16
-
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar paydo bo‘ldi
Jamiyat | 19:14
-
Xorazmda uch qavatli savdo do‘konida yong‘in chiqdi
Jamiyat | 19:12
Mavzuga oid

17:01
Tramp ma’muriyati Xitoyning DeepSeek chatbotini AQShda bloklash masalasini muhokama qilmoqda

12:46
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?

12:00
Zelenskiy AQSh bilan muzokaralar muvaffaqiyati to‘g‘risida gapirdi

23:01 / 16.04.2025