NABU Ukraina Ixtisoslaştirilgan antikorrupsiya prokuraturasi (SAP) bilan birgalikda «energetika sohasida korrupsiyani foş etiş böyiça kölamli operatsiya» ötkazilganini tasdiqladi, biroq aynan kimlarda tintuv bölganini aniqlaştirmadi. Idoraning Telegram-kanalida: «15 oylik iş va 1000 soatlik audiyozuv. Yuqori darajadagi jinoiy taşkilot faoliyati hujjatlaştirildi», — deyiladi.
«Jinoiy taşkilot faoliyatining asosiy yönalişi “Energoatom” kontragentlaridan şartnomalar qiymatining 10–15 foizi miqdorida tizimli ravişda noqonuniy foyda oliş edi. Xususan, “Energoatom” kontragentlariga körsatilgan xizmatlar/yetkazib berilgan mahsulot uçun tölovlarni bloklaşdan qoçiş yoki yetkazib beruvçi maqomidan mahrum qilmaslik uçun “otkat” tölaş şartlari bölgan», — deb yozdi NABU. Idoraga köra, «yiliga 200 mlrd grivnadan ortiq daromadga ega bölgan strategik korxona boşqaruvi» rasmiy mansabdorlar tomonidan emas, balki «formal vakolatlarsiz» şaxslar — «kuzatuvçi» rolini olganlar tomonidan amalga oşirilgan.
NABUning YouTube-kanalidagi rolik tasviri tavsifida jinoiy taşkilot tarkibiga «energetika sohasining amaldagi va sobiq mansabdor şaxslari, maşhur biznesmen va boşqa şaxslar» kirgani qayd etilgan.
Şu kuni Ukraina adliya vaziri va sobiq energetika vaziri German Galuşçenkoning uyida, şuningdek, «Energoatom»da tintuvlar ötkazilgani haqida Oliy Rada deputati Yaroslav Jyeleznyak xabar qildi. «Ukrainskaya pravda» bu ma’lumotni «bir-biridan mustaqil ikki manba» tasdiqlaganini yozdi.
«Ukrainskaya pravda» rasmiy izoh sörab NABU va SAPga murojaat qildi. Jurnalistlar xabariga köra, SAP tergov harakatlarini izohlaşdan boş tortdi.












