Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish tartibi belgilanmoqda
Prezident tomonidan «Jinoyat-protsessual kodeksiga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida»gi qonun imzolandi.

Foto: Shutterstock
Jinoyat-protsessual kodeksi quyidagi masalalarni tartibga soluvchi 66-bob bilan to‘ldirilmoqda:
- xorijiy davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish;
- ozodlikdan mahrum etilgan shaxsni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun qabul qilib olish va xorijiy davlatga berish;
- o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llangan shaxsni majburiy davolashni davom ettirish uchun qabul qilib olish va xorijiy davlatga berish.
Xorijiy davlat sudining qarori JPKda belgilangan tartibda va xalqaro shartnomalarga muvofiq quyidagi hollarda O‘zbekistonda tan olinishi va ijroga qaratilishi mumkin:
- xorijiy davlatda ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoga hukm qilingan va jazoni o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarosi — jazoni O‘zbekistonda o‘tashni davom ettirish uchun qabul qilib olinganda;
- xorijiy davlat hududida aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan yoki ushbu qilmishni sodir etganidan keyin ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan xorijiy davlat sudining tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qarori mavjud bo‘lsa, — majburiy davolashni O‘zbekistonda davom ettirish uchun qabul qilib olinganda;
- xorijiy davlat sudi tomonidan hukm qilinib, jazoni o‘tamagan shaxs xorijiy davlat tomonidan O‘zbekistonga ushlab berilganda;
- xorijiy davlat sudi tomonidan hukm qilingan O‘zbekiston fuqarosini xorijiy davlatga ushlab berish rad etilganda;
- xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin
Jahon | 16:48
-
«Tarixchi va kontrrazvedkachi». Kiyevda o‘ldirilgan UXX polkovnigi Ivan Voronich haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 16:42
-
Qozonda qurol «qaynadi», Trampning ohangi o‘zgardi – hafta dayjesti
Jahon | 16:06
-
FT: Pentagon Tayvan masalasida Avstraliya va Yaponiyaga bosim o‘tkazmoqda
Jahon | 15:50
Mavzuga oid

07:34 / 12.07.2025
Fuqarolik jamiyati institutlari davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi

07:43 / 10.07.2025
Harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni tanlab olish shaffof bo‘ladi

15:24 / 08.07.2025
Aholini guruch bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilandi

10:48 / 03.07.2025