Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Ukraina energetika obektlariga eng yirik hujumlardan birini uyushtirdi
«Ukrenergo» shirkati mamlakat aholisining yarmiga yaqini elektr energiyasiz qolganini e’lon qildi.
Foto: AFP
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainadagi muhim yoqilg‘i-energetika infratuzilmasi obektlariga hujumlar sodir etilganini ma’lum qildi. Zarbalar 11 dekabr kuni Taganrogdagi harbiy aerodromga uyushtirilgan hujumda Amerikaning ATACMS raketalaridan foydalanishga javoban ekani ta’kidlanmoqda.
Mudofaa vazirligining aniqlik kiritishicha, zarbalarda uzoq masofaga uchuvchi havo va dengiz qurollari, shuningdek, uchuvchisiz samolyotlar qo‘llangan. «Ukraina harbiy-sanoat kompleksi ishlashini ta’minlaydigan yoqilg‘i-energetika infratuzilmasining muhim obektlariga katta zarba berildi», deyiladi departament bayonotida.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy zarbalarni mamlakat energetika tizimiga qilingan eng yirik hujumlardan biri deb atadi. «Ukrenergo» shirkati mamlakat aholisining yarmiga yaqini elektr energiyasiz qolganini e’lon qildi.
Ukrainadagi eng yirik DTEK xususiy energetika kompaniyasi bir nechta issiqlik elektr stansiyalari uskunalariga shikast yetganini ma’lum qildi. «Strana» nashri Ivano-Frankivsk viloyatidagi Burshtin issiqlik elektr stansiyasi hududidagi portlashlar haqida yozdi. Lviv va Ternopil viloyatlari ma’muriyati ham energetika infratuzilmasiga zarar yetganini ma’lum qildi. 13 dekabr kuni ertalab butun Ukraina bo‘ylab havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi.
Taganrogga ATACMS raketa hujumi 11 dekabr kuni ertalab sodir bo‘lgan edi. Bunda harbiy aerodrom hujumga uchradi. Raketa parchalarining qulashi oqibatida baza xodimlari jarohatlandi, aerodromdagi ikkita bino, uchta harbiy mashina va fuqarolik transporti zarar ko‘rdi. Rossiya Mudofaa vazirligi javob zarbasi yo‘llash niyatida ekanligini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
21:32
200 nafarga yaqin rossiyalik harbiy Xitoyda yashirincha tayyorgarlikdan o‘tdi – OAV
20:30
Estoniyaga uchib kirgan Ukraina droni NATO tomonidan urib tushirildi
18:27
Rossiya tarixchilari Qirg‘izistondagi darsliklardan “Rossiya mustamlakasi” iborasini olib tashlashni so‘radi
18:03