Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sariosiyoda aholi punktiga tog‘dan bo‘rilar galasi tushib keldi
Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi aholidan ortiqcha vahimaga tushmaslikni hamda hayvonlarga zarar yetkazmaslikni so‘ramoqda. Bo‘rilar galasining tog‘dan pastga tushishiga sovuq sabab bo‘lgan.
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Sariosiyo tumanida ko‘chalarda bo‘ri galasi yugurib yurgani aks etgan videolavha tarqaldi. Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, tarqalgan videolavha 7 dekabr kuni tumanning Marjona mahallasi Zaynobod qishlog‘ida kechki payt tasvirga olingan.
“Sariosiyo tumani tog‘li va tog‘oldi hududlarida havo sovib ketgani sababli yovvoyi hayvonlarning boshqa hududlarga tushib kelish holatlari kuzatilishi mumkin. Bunday holatlarda aholidan ortiqcha vahimaga tushmasliklari, hayvonlarga o‘zboshimchalik bilan zarar bermasligini so‘raymiz”, deyiladi munosabatda.
Boshqarma yovvoyi hayvonlarni ko‘rganda Sariosiyo tumani Ekologiya inspeksiyasi yoki tuman IIBga xabar berish mumkinligini ma’lum qilgan.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Sariosiyo tumanida ko‘chada yo‘lbars yurgani haqidagi xabarlar ham tarqalgandi. Biroq Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi buni rad qildi.
Mavzuga oid
07:35 / 22.11.2025
Kanadada bo‘ri baliqchi to‘ridan foydalanib baliq ovlagani videoga tushdi
18:20 / 20.11.2025
Sariosiyo tumani hokimi o‘rinbosari ozodlikdan mahrum qilindi
13:39 / 02.11.2025
Surxondaryodagi ayiqlar makoni – Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘i | Manzil
17:07 / 23.09.2025