Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in chiqdi
Poytaxt FVB yong‘in o‘chirilgani, hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘qligini ma’lum qildi.
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Sergeli tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 13 dekabr kuni soat 16:12 da Sergeli tumani Yangi Sergeli ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish joyida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida poytaxt FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 16:19 da yetib borib, yong‘in soat 16:31 da qurshab olingan va 16:32 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Avvalroq Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan restoran dudbo‘ronida yong‘in chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, bir necha kun oldin Uchtepa tumanidagi somsaxonalarning birida ham yong‘in chiqqan edi.
Mavzuga oid
14:36 / 18.02.2026
Sergelida Mercedes-Benz avtobusida yong‘in chiqdi
09:03 / 18.02.2026
Yunusobod tumanidagi uyda yong‘in sodir bo‘ldi
20:20 / 17.02.2026
Toshkentda yuz bergan yong‘inda ayol va ikki bola halok bo‘ldi
09:09 / 17.02.2026