Jahon | 11:23 / 16.12.2024
7049
3 daqiqa o‘qiladi

SBU: Zaporijjya oblastida Rossiya yuk poyezdi yo‘q qilindi

Ukraina Xavfsizlik xizmati Bosh razvedka boshqarmasi va Ukraina Qurolli kuchlari bilan birgalikda Zaporijjya oblastining bosib olingan qismida «ko‘p bosqichli maxsus operatsiya» chog‘ida yoqilg‘i bo‘lgan Rossiya poyezdini yo‘q qildi.

Foto: abaca/picture alliance

Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) jangchilari «Tavriya» operativ-strategik guruhi, Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi (GUR), Ukraina Qurolli kuchlarining maxsus operatsiyalar kuchlari va Uchuvchisiz tizimlar kuchlari harbiy xizmatchilari bilan birgalikda 40 ta vagondan iborat, yonilg‘i bo‘lgan Rossiya yuk poyezdini yo‘q qildi. SBUdagi manbalar DW'ga 15 dekabr, yakshanba kuni Zaporijjya oblastining bosib olingan qismidagi «ko‘p bosqichli operatsiya» haqida ma’lum qilishdi.

14 dekabr kuni o‘tkazilgan operatsiya natijasida Rossiya Federatsiyasining Qrimdan Zaporijjya oblastining bosib olingan hududlariga yonilg‘i olib boruvchi «muhim temiryo‘l liniyasi» vaqtinchalik ishdan chiqarildi, deya ta’kidlaydi maxsus xizmat.

«Ukrainskaya pravda» nashrining SBUga tayanib qayd etishicha, avvaliga ukrainalik harbiylar Rossiya poyezdi Bilmatskiy tumani, Alekseyevka qishlog‘i yaqinida harakatlanayotgan vaqtda temiryo‘llarni portlatib yuborgan, so‘ng poyezdga dronlar bilan hujum qila boshlagan, shundan so‘ng HIMARS YaO‘RT bilan eng chekkadagi vagonlarga zarba berilgan. 

Ulyanovskdagi temiryo‘lda portlash

Bosh razvedka boshqarmasi 15 dekabr kuni Rossiyaning Ulyanovskidagi temiryo‘lning bir qismi portlatilganini ma’lum qildi. GUR e’lon qilgan videodan ma’lum bo‘lishicha, 14 dekabr kuni sodir bo‘lgan portlash natijasida temiryo‘l ko‘prigi shikastlangan. Maxsus xizmat aniqlik kiritishicha, hujumga uchragan ko‘prik Sviyaga daryosi yaqinida, mahalliy lokomotiv deposi va Ulyanovsk motor zavodidan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan.

Natijada, ta’kidlanganidek, «Rossiya Federatsiyasi armiyasining harbiy moddiy-texnik ta’minoti yana murakkablashdi». Shu bilan birga, xabardan temiryo‘lni aynan kim portlatgani aniq emas. Hozircha Ukraina razvedkasi ma’lumotlari mustaqil tarzda tasdiqlanganicha yo‘q.

Ulyanovsk Moskvadan 800 km sharqda joylashgan. Ulyanovsk oblasti hukumatining rasmiy Telegram-kanalida temiryo‘l portlashi inkor etilib, bu ma’lumot «feyk» deb atalgan.

Mavzuga oid