Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik rejissyor O‘zbekiston DAKT badiiy rahbari etib tayinlandi
40 yoshli Aleksey Frandetti O‘zbekiston Davlat akademik katta teatrida faoliyatini davom ettiradi.
Rossiyalik rejissyor Aleksey Frandetti Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatriga (DAKT) badiiy rahbar etib tayinlandi.
«O‘zbekistonda tug‘ilgan rossiyalik rejissyor, aktyor va muallim Aleksey Frandetti Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatriga badiiy rahbar etib tayinlandi. Ushbu tayinlov mamlakat madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ijodkorlarga ilhom bag‘ishlaydi degan umiddamiz... Badiiy rahbar sifatida Aleksey Frandetti o‘zining ulkan g‘oya va loyihalarini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyoning madaniy hayotini boyitishi shubhasiz. Uning dunyoqarashi va ijodiy yondashuvi teatrni barcha yoshdagi tomoshabinlar uchun yanada jozibador qilishiga ishonamiz», deyiladi teatr bayonotida.
40 yoshli Aleksey Frandetti 2022 yil sentabridan deyarli ikki yil davomida Moskvadagi Mark Zaxarovning «Lenkom» teatri bosh direktori bo‘lgan. 2024 yil iyun oyida u bu lavozimni tark etishini e’lon qildi. Frandetti eng katta shuhratni musiqiy filmlar rejissyori sifatida olgan. Uning birinchi ishi 2013 yilda «Probujdeniye vesny» myuzikli bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:50 / 14.07.2026
Kiyev yana raketa hujumiga uchradi
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
20:44 / 13.07.2026
Rossiya prezidentligi sayloviga qo‘yilmagan Boris Nadejdin Moskvada qo‘lga olindi
16:29 / 13.07.2026