Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seul RF va KXDR o‘rtasidagi harbiy hamkorlik uchun sanksiyalar kiritdi
Janubiy Koreya Rossiya Federatsiyasi va KXDR o‘rtasidagi harbiy hamkorlik va Shimoliy Koreyaning yadro va raketa dasturlarini moliyalashtirish bilan shug‘ullanuvchi 11 shaxs va 15 tashkilotga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Ro‘yxatdagi 7 nafar jismoniy shaxs va 13 ta kompaniya Rossiyadan.
Foto: Chung Sung-Jun / Getty Images
Janubiy Koreya Rossiya Federatsiyasi va KXDR o‘rtasidagi harbiy hamkorlik, Shimoliy Koreyaning yadroviy va raketa dasturlarini moliyalashtirish, shuningdek, Pxenyan tomonidan sanksiyaga kiritilgan tovarlarni noqonuniy sotib olish bilan bog‘liq 11 shaxs va 15 tashkilotga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda 17 dekabr, seshanba kuni Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi saytida chop etilgan press-relizda aytiladi.
Seulning qora ro‘yxatiga Koreya xalq armiyasi (KXA) generallari Kim Yong Bok va Shin Geum Chol, shuningdek, raketa muhandisi Li Song Jin va KXA yana bir yuqori martabali zobiti Li Bong Chun kiritilgan. Shuningdek, bir nechta biznesmenlar va ular rahbarlik qilayotgan kompaniyalarga nisbatan cheklovlar joriy etilgan — masalan, Roman Alar va uning "PARSeK" MChJ Shimoliy Koreyaga asosiy raketa materiallari va texnologiyalarini yetkazib bergani aytiladi.
Jami 7 nafar jismoniy shaxs va 13 ta tashkilot, jumladan, bir nechta banklar sanksiyalar ro‘yxatida Rossiyadan deb belgilangan. Ular bilan moliyaviy yoki valuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun endi Seuldan ruxsat talab qilinadi.
Mavzuga oid
16:09 / 28.02.2026
Chubays Kanadadan unga qo‘yilgan sanksiyani bekor qilishni so‘ramoqda
16:31 / 25.02.2026
Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadroviy kuchlari kuratori etib tayinladi
09:01 / 25.02.2026
AQSh Rossiyadan bo‘lgan “haker-brokerlar”ga qarshi sanksiyalar joriy qildi
15:44 / 24.02.2026