SpaceX raketasi yangi avlod GPS sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi
Falcon 9 raketasi AQSh Harbiy-havo kuchlarining uchinchi avlod GPS III global sun’iy yo‘ldosh tizimini orbitaga olib chiqdi.
Raketa AQSh Kosmik kuchlarining Kanaveral burnida joylashgan 40-start majmuasidan uchirilgan. Sun’iy yo‘ldosh uchirilganidan 1,5 soat o‘tib Yerdan ming kilometrdan balandroq orbitaga chiqarilgan. Shundan keyin u mustaqil ravishda taxminan 20 ming kilometr balandlikdagi o‘rta Yer orbitasiga chiqadi.
Shu bilan birga, to‘rtinchi marotaba foydalanilgan Falcon 9 tashuvchi raketasining birinchi ko‘p martalik pog‘onasi startdan 8,5 daqiqa o‘tib, Atlantika okeanidagi A Shortfall of Gravitas suzuvchi platformasiga vertikal ravishda qo‘nishni amalga oshirgan.
AQSh Harbiy-havo kuchlarining og‘irligi 3,8 tonnaga yetadigan GPS III sun’iy yo‘ldoshi 2018 yildan beri uchirilgan yangi avlod apparatlarining yettinchisiga aylandi. U ayni vaqtda butun dunyo bo‘ylab GPS signallarini taqdim etayotgan 32 ta apparatdan iborat guruhning navbatdagi elementi hisoblanadi.
GPS III sun’iy yo‘ldoshlari kuchli signalga ega bo‘lib, fuqarolik obektlari joylashgan hududni boshqa apparatlardan ko‘ra uch barobar aniqlikda ko‘rsata oladi — 3 metrdan 10 metrgacha. Bugungi kunda AQSh Harbiy-havo kuchlari operatori bo‘lgan GPS xizmatlaridan 4 milliarddan ziyod inson foydalanadi.
Yangi sun’iy yo‘ldoshlarni ishlab chiqarish bilan Lockheed Martin Lockheed Martin korporatsiyasi shug‘ullanmoqda. Har bir sun’iy yo‘ldoshning qiymati 577 million dollarni tashkil etadi. Yangi avlod sun’iy yo‘ldoshlari 15 yil davomida xizmat ko‘rsatishi mumkin.
Mavzuga oid
19:53 / 18.12.2024
Yaponiya sun’iy yo‘ldoshlar yuklangan birinchi to‘liq tijorat raketasini yana uchira olmadi
20:07 / 16.12.2024
WSJ: Ilon Mask o‘z kompaniyasi AQSh harbiylari va razvedka topshirig‘i bilan kosmosga nimalar jo‘natayotganini bilmaydi
22:00 / 13.12.2024
NASA yangi sun’iy yo‘ldoshi okean tubining eng batafsil xaritasini yaratdi
23:14 / 12.12.2024