Milliy tibbiyot markazida Özbekiston tibbiyotida kam uçraydigan laparoskopik WHIPPLE amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oşirildi. Uşbu murakkab amaliyot oşqozon osti bezi, ön ikki barmoq içak, safro yöllari va ba’zan oşqozonning bir qismini olib taşlaşni talab qiladi.
Laparoskopik usulda ötkazilgan jarayon katta qon tomirlar va nozik anatomik tuzilmalar bilan işlaşni, şuningdek, yuqori xavflarni boşqarişni öz içiga oladi.
Amaliyot jarayonida yoş şifokorlar uçun öquv jarayoni taşkil etilib, ilğor tibbiyot yondaşuvlarini örganiş imkoniyati yaratildi. Laparoskopik WHIPPLE amaliyoti zamonaviy texnologiyalar va xalqaro tajribalar asosida ötkazildi va bemorning ahvoli hozirda ança qoniqarli.
Bu yutuq Milliy tibbiyot markazining xalqaro tibbiyotdagi mavqeyini mustahkamlaş yölidagi muhim qadam bölgani qayd etilgan.

Milliy tibbiyot markazida yil davomida 40 ta buyrak va 9 ta jigar transplantatsiyasi amaliyoti muvaffaqiyatli bajarilgan.
«Jigar va buyrak transplantatsiyasi tibbiyotdagi eng murakkab amaliyotlardan hisoblanadi. Uşbu jarayonning muvaffaqiyati yuqori malakali mutaxassislar, zamonaviy uskunalar va sifatli donorlik materiallariga boğliq. Milliy tibbiyot markazi bu talablarning barçasini töliq ta’minlab, zamonaviy usullardan samarali foydalanmoqda.
Bunday amaliyotlar nafaqat bemorlarning hayotini saqlab qoliş, balki ularning turmuş sifatiga ijobiy ta’sir körsatmoqda. Markaz transplantologiya yönalişida tadqiqot işlarini ham olib borib, sohani yanada rivojlantirişga hissa qöşmoqda.
Kelgusida Milliy tibbiyot markazi transplantatsiya operatsiyalari sonini köpaytiriş va ularning sifatini xalqaro standartlarga mos ravişda yanada oşirişni rejalaştirgan. Uşbu yutuqlar mamlakatimiz tibbiyotining yangi bosqiçga kötarilganini namoyon etmoqda.
Xulosa qilib aytganda, Milliy tibbiyot markazida ötkazilgan transplantatsiya amaliyotlari şifokorlarning malakasi, ilğor texnologiyalardan foydalaniş va tizimli yondaşuv samaradorligini isbotladi. Bu nafaqat bemorlar uçun, balki Özbekiston tibbiyoti kelajagi uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçadi», deyiladi markaz matbuot xizmati xabarida.










