Milliy tibbiyot markazining professor Azam Babadjanov boşçiligidagi tajribali transplantologlar jamoasi murakkab jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli ötkazdi.
40 yoşli singil uç yildan beri jigar sirrozi bilan oğrigan akasining hayotini saqlab qoliş maqsadida unga öz jigarining bir bölagini bergan.
«Murakkab operatsiya yuqori aniqlik va professionallik bilan amalga oşirildi. Hozirda donor va bemorning ahvoli qoniqarli, şifokorlar ularning soğliğini doimiy nazorat qilib bormoqda.
Milliy tibbiyot markazi transplantologlari uşbu yönalişda öz tajribalarini muntazam takomillaştirib, oğir kasalliklarga çalingan bemorlarning hayotini saqlab qoliş yölida fidokorona mehnat qilmoqda», deyiladi Milliy tibbiyot markazi matbuot xizmati xabarida.













