Milliy tibbiyot markazida zamonaviy neyroxirurgik robot — B Remebot yordamida Özbekistonda ilk bor boş miya sohasidan biopsiya oliş amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oşirildi.

«Uşbu innovatsion texnologiya orqali operatsiya yuqori aniqlik, minimal şikast va bemor salomatligiga eng kam xavf bilan bajarildi. Robot miya töqimalaridan tahlil uçun zarur namunalarni aniq va xavfsiz tarzda oliş imkonini berdi», deyiladi Milliy tibbiyot markazi matbuot xizmati xabarida.

B Remebot roboti yordamida endilikda:

 • Miya ösimtalarini aniqlaş va olib taşlaş,
 • Epilepsiya va Parkinson kasalligini davolaş,
 • Miya qon tomir kasalliklari, şikastlanişlar va murakkab taşxislarni aniqlaş mumkin böladi.

«Aytiş kerakki, bu — neyroxirurgiya sohasida katta qadam bölib, bemorlar uçun soğliq sari yangi imkoniyatdir», deyiladi xabarda.