Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islom sivilizatsiyasi markazi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
Irgash Daminov O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Prezident administratsiyasida faoliyat yuritgan.
Foto: O‘zA
Irgash Daminov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Mazkur lavozimda 2019 yildan beri shayx Abdulaziz Mansur ishlab kelayotgan edi.
Irgash Daminov bunga qadar Prezident administratsiyasi Jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi bo‘linmasi Din ishlari shu’basi bosh konsultanti lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida Firdavs Abduxoliqov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori etib tayinlangan edi. Shu munosabat bilan markazni boshqarib kelgan Shoazim Minovarov lavozimidan ozod etilgandi.
Mavzuga oid
17:07 / 02.04.2026
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Islom sivilizatsiyasi markaziga ko‘chib o‘tdi
09:00 / 21.03.2026
Diniy majmualar ochilishi va 100 yilga yetadigan ma’danlar - hafta dayjesti
19:04 / 20.03.2026
Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari e’lon qilindi
23:19 / 17.03.2026