Toşkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi «Eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi» nominatsiyasi böyiça rasman Ginness rekordlar kitobiga kiritildi, deb xabar berdi «Dunyo». Bu haqdagi sertifikat taşkilot vakili Şeyda Subaşi tomonidan tantanali ravişda topşirildi.
Hazrati Imom majmuasi hududida joylaşgan uşbu markaz uluğvor me’moriy körsatkiçlari bilan ajralib turadi: hudud maydoni — 10 gektar, binoning uzunligi — 161 metr, kengligi — 118 metr, gumbazning balandligi — 65 metr, xonalarning umumiy maydoni esa qariyb 50 ming kvadrat metrni taşkil etadi. Ta’kidlanişiça, aynan şu xususiyatlar jahon rekordiga asos bölgan.
Islom sivilizatsiyasi markazi prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2026 yil 17 mart kuni oçilgan edi. Markaz maydoni va qamroviga köra, dunyoda islom tarixi, madaniyati va sivilizatsiyalarini örganiş hamda tarğib etişga qaratilgan yirik majmualardan biri hisoblanadi.












