Islom sivilizatsiyasi markazida Özbekistonga qaytarilgan noyob tarixiy osori atiqalar ilk bor keng ilmiy jamoatçilik e’tiboriga havola etildi. Mazkur madaniy meros namunalari Operation Inherent Vice xalqaro amaliyoti doirasida aniqlangan.

Taqdim etilgan artefaktlar Markaziy Osiyo sivilizatsiyasining köp asrlik tarixiy rivojlanişini aks ettirib, buddaviy, suğdiy va islomiy madaniy qatlamlarni öz içiga oladi. Ular orasida Kuşon davriga oid haykal boşlari va byustlar, ştuko bezaklari bölaklari, II–VIII asrlarga mansub noyob devoriy suratlar hamda Fayoztepa va Qoratepa arxeologik majmualariga tegişli osori atiqalar mavjud. Şuningdek, XV asrga oid temuriylar davriga mansub kenotaf alohida ilmiy va madaniy ahamiyatga ega.

Iştirokçilar e’tiborini buddaviy mazmundagi devoriy suratlar, şuningdek, Gandhara va ilk buddaviy san’at an’analarini aks ettiruvçi terrakota va ştuko haykallar tortdi. Ilmiy yiğiliş doirasida temuriylar davriga oid toş kenotaf ham taqdim etildi. U murakkab bitiklar, bezaklar va şe’riy matnlar bilan işlangan bölib, Markaziy Osiyo memorial san’atining noyob namunasi sifatida baholandi.

Ilmiy kengaşda uşbu yodgorliklarni kelgusida ilmiy örganiş, qayta tiklaş, röyxatga oliş va muzey ekspozitsiyasiga tayyorlaş masalalari muhokama qilindi.