Rossiyada 20 yil oldin bedarak yo‘qolgan jurnalistning qoldiqlari topildi. Uni militsiya polkovnigi o‘ldirgani ma’lum bo‘ldi
2004 yilda izsiz yo‘qolgan «Fontanka» jurnalisti Maksim Maksimovning jasadi qoldiqlari topildi. Uni hozirda qator jinoyatlarda ayblanayotgan iste’fodagi militsiya polkovnigi o‘ziga qarshi tayyorlanayotgan maqola sabab o‘ldirganini tan oldi.

Foto: i.47news.ru
Sankt-Peterburg yaqinidagi Beloostrov posyolkasidan 2004 yilda o‘ldirilgan «Fontanka» jurnalisti Maksim Maksimovning jasadi qoldiqlari topildi. Bu haqda RF Tergov qo‘mitasi xabar berdi.
Dekabr oyi o‘rtalarida Maksimovni IIV Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari, iste’fodagi politsiya polkovniki Mixail Smirnov o‘ldirganini tan olgan edi.
«Olingan ma’lumotlarni tekshirish maqsadida tergovchilar Smirnovning ko‘rsatmasiga muvofiq, jasad ko‘milgani aytilgan joyda kerakli tadbirlarni amalga oshirdi. Bir necha sutka davomida jurnalist ko‘milgan joy qidirildi va natijada, uning qoldiqlari topildi», — deyiladi Tergov qo‘mitasi xabarida.

Maksimov huquq-tartibot organlaridagi korrupsiyalarga oid jurnalistik surishtiruvlar muallifi bo‘lgan. 2004 yil 29 iyun kuni u bedarak yo‘qolgan. Jurnalistning hamkasblari Maksimovning o‘ldirilishida militsiya xodimlari, jumladan, «Fontanka» muallifi material tayyorlayotgan Smirnovni gumon qilishgan. 2005 yilda Smirnov va yana ikki nafar politsiyachi dalillarni soxtalashtirish ishi bo‘yicha qo‘lga olingan. Sud hay’ati ularni oqlagan va xodimlari xizmatga qaytgan.
2024 yilning mayida Smirnov Sankt-Peterburgda bir nechta buyurtma qotilliklari va suiqasdlarga aloqadorlikda, jumladan, 1998 yilda kemasozlik zavodi direktorining mashinasini portlatishda ayblanib hibsga olingan.
Smirnovning so‘zlariga ko‘ra, u Maksimov IIV xodimi pora undirishga aloqadorligi haqida maqola yozayotganidan xabardor bo‘lgan. Smirnov jurnalist bilan uchrashgan va uni o‘zining aybsizligiga ishontirmoqchi bo‘lgan, ammo u ishonmagan. Shundan keyin Smirnov militsiya mayori Lev Pyatov va yana ikki nafar sherigi bilan jurnalistga hujum qilgan. Maksimov kaltaklangan va bo‘g‘ib o‘ldirilgan, uning jasadi esa xizmat mashinasida o‘rmonga olib borib ko‘milgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Ukraina tinchlik uchun qanday murosaga tayyorligini aytdi
Jahon | 18:00
-
“Yoshlar oyligi” doirasidagi navbatdagi bayram Qoraqalpog‘istonda o‘tkazildi
O‘zbekiston | 18:00
-
Eron Isroilga yordam berayotgan davlatlarga zarbalar bilan tahdid qildi
Jahon | 17:16
-
“2000-yillar boshidagi daraja” – plastik karta egalari kartalarni yoptirishda byurokratiyaga duch kelyapti
Iqtisodiyot | 17:14
Mavzuga oid

19:55 / 09.06.2025
Sankt-Peterburgdan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan aviareys kechiktiriladi

18:19 / 04.06.2025
Sankt-Peterburgdagi reydda 200 nafardan ortiq migrant qo‘lga olindi

15:08 / 24.03.2025
Rossiyaning madaniy poytaxti – Sankt-Peterburg bo‘ylab fotosayohat

11:10 / 18.03.2025