2024 yilda 1,4 trillion so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilindi
Jumladan, elektr energiyasi bo‘yicha 730,1 mlrd so‘mlik va tabiiy gaz bo‘yicha 679,1 mlrd so‘mlik resurs talon-toroj qilingan.

Foto: O‘zenergoinspeksiya
2024 yil davomida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 8 ming 289 ta qoidabuzarlik aniqlandi. Bu haqda «O‘zenergoinspeksiya» ma’lum qildi.
Ushbu qonunbuzarliklar oqibatida davlat manfaatlariga 1 trillion 409 milliard so‘m zarar yetkazilgan. Jumladan, elektr energiyasi bo‘yicha 730,1 mlrd so‘m ( 91 ta mayning fermasi, 184 ta AGTKSh, 1422 ta suv nasosi) va tabiiy gaz bo‘yicha 679,1 mlrd so‘mlik (57 ta AGTKSh, 64 ta issiqxona, 5 ta oxak sexi) energiya resurslari talon-toroj qilingan. Qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan 51 ta AGTKSh litsenziyasi bekor qilingan.
Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 9 ming 84 ta ma’muriy ish rasmiylashtirilgan.
AYoQSh va korxonalardan olingan tahlil namunalaridan 189 ta holatda 5 mln 348 ming litr neft mahsuloti sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishi oldi olingan.
Quvvati 50 kVt va undan yuqori bo‘lgan iste’molchilarga berilgan ko‘rsatmalar davomida 25 ming 730 ta iste’molchida reaktiv energiyasini kompensatsiya qilish bo‘yicha qurilmalarni o‘rnatilishi ta’minlangan. Natijada 26 ta nimstansiya va 671 ta tarmoqda quvvat koeffitsiyenti ko‘tarilishiga erishilgan. Shuningdek, berilgan ko‘rsatmalarni bajarmagan 1 ming 523 ta iste’molchiga ma’muriy bayonoma tuzilgan.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyaning birinchi tashqi ishlar vaziri «chet el agenti» deb e’lon qilindi
Jahon | 21:02
-
Dunyoning eng yaxshi aeroportlari reytingi e’lon qilindi
Jahon | 21:00
-
Rossiyada taksi ilovalarida migrant haydovchini rad qilish funksiyasi joriy qilinishi mumkin
Jahon | 20:39
-
Tramp Rossiyani Ukraina bilan urushni tugatish uchun «harakatni boshlashga» chaqirdi
Jahon | 20:19
Mavzuga oid

09:14 / 05.04.2025
Elektr tarmoqlari korxonasi xodimi 1 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qildi

16:08 / 28.03.2025
«Toshshahartransxizmat»ning sobiq rahbari va 20 kishiga sud hukmi o‘qildi

11:53 / 10.03.2025
Ozodlikdan mahrum qilingan 20 ming kishi, 4 barobarga oshgan talon-torojlar – jinoyatchilik statistikasi

12:30 / 06.03.2025