YeIga a’zo 27 davlatdan yettitasi 2024 yilga nisbatan Rossiyadan energiya importini qiymat körsatkiçida oşirdi. Bu raqamlar Helsinkidagi mustaqil taşkilot - Energetika va toza havo böyiça tadqiqot markazi (CREA) statistik ma’lumotlariga asoslanib, 10 oktyabr, juma kuni Reuters tahlilida e’lon qilingan.
Joriy yilning sakkiz oyida, ya’ni yanvardan avgustgaça Yevropa Ittifoqi importi 11,4 milliard yevroni taşkil etdi.
Fransiya Rossiyadan energiya resurslari sotib olişni 40 foizga oşirib, 2,2 milliard yevroga yetkazdi, Niderlandiyada esa 72 foizga oşib, 498 million yevroga yetdi. Belgiyada 3 foizga, Xorvatiyada 55 foizga, Ruminiyada 57 foizga, Portugaliyada 167 foizga ösgan.
Kreml bilan yaqin aloqada bölgan va Rossiya gazidan butunlay voz keçiş ğoyasini rad etayotgan Vengriya va Slovakiyada bu körsatkiç jami 5 milliard yevroni taşkil qiladi. Vengriyada import 11 foizga oşdi.
Belgiya energetika vazirligi bu ösişni Yevropa Ittifoqining öziga xos sanksiyalari bilan izohladi. Uşbu çeklovlar tufayli, kiruvçi suyultirilgan gaz (STG)ni oxirgi manzilga keyingi taşiş uçun kemadan kemaga ötkaziş örniga Belgiyada tuşiriş kerak.
Fransiya Energetika vazirligining Reuters agentligiga ma’lum qilişiça, bu raqamlar boşqa mamlakatlardagi mijozlarga xizmat körsatgani uçun oşgan. Kpler tahlilçilariga köra, Rossiyadan ayrim fransuz importi Germaniyaga jönatiladi.
Germaniya gaz uzatiş tarmoğining 10 foizini boşqaradigan SEFE vakili kompaniya Rossiya gazini Fransiya va Belgiya orqali import qilişini tasdiqladi.
Germaniya Iqtisodiyot vazirligi Reuters agentligiga Yevropa Ittifoqining Rossiya energetika resurslari importini bosqiçma-bosqiç töxtatiş borasidagi sa’y-harakatlarini olqişlaşini bildirdi. Şu bilan birga, SEFE Rossiyaning "Yamal SPG" kompaniyasidan STG sotib oliş böyiça uzoq muddatli şartnoma bilan boğlangan, uni bekor qiliş imkoniyati yöq.
«Şartnoma şartlariga köra... SEFE yetkazib beriş amalga oşirilmagan taqdirda ham kelişilgan hajmlarni tölaşi şart», — deya tuşuntirdi idora vakili. «Gazni qabul qilişdan boş tortiş "Yamal"ga uşbu hajmlarni qayta sotiş imkonini beradi, bu esa Rossiya iqtisodiyotiga ikki tomonlama yordam bölib qöşiladi», — deya qöşimça qildi u.
Niderlandiya hukumati Yevropa Ittifoqining Rossiyadan yetkazib berişni butunlay yöq qiliş rejalarini qöllab-quvvatlaşini bildirdi. Vazirlar mahkamasining ta’kidlaşiça, bu takliflar Yevropa Ittifoqi qonunçiligida mustahkamlanmagunça, rasmiylar Yevropa energetika kompaniyalari va Rossiya yetkazib beruvçilari örtasidagi mavjud şartnomalarni bloklay olmaydi.








