Bayden Pentagonga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni buyurdi
AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiyaning Ukraina energetika tizimiga uyushtirgan hujumini «g‘azablanarli» deb atadi va mudofaa vazirligiga Kiyevga qurol yetkazib berishni faol davom ettirishni buyurdi.

Foto: Jim Lo Scalzo / EPA / TASS
AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden Rossiyaning rojdestvo kechasi Ukrainaning energetika infratuzilmasiga hujumini «g‘azablanarli» deb atadi va Pentagonga Kiyevga qurol yetkazib berishni faol davom ettirishni buyurdi. 25 dekabr, chorshanba kuni Oq uy veb-saytida e’lon qilingan bayonotda Bayden shunday dedi: «So‘nggi oylarda Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga havo hujumidan mudofaa uchun yuzlab raketalarni yetkazib berdi. Mudofaa vazirligi Ukrainani faol ravishda qurol bilan ta’minlashda davom etadi va Qo‘shma Shtatlar Rossiya kuchlariga qarshi mudofaa sohasida Ukraina pozitsiyasini mustahkamlash uchun tinimsiz harakat qiladi».
Amerika prezidentining ta’kidlashicha, Rossiyaning keng ko‘lamli hujumidan maqsad «Ukraina xalqini qishda issiqlik va elektr energiyasidan mahrum qilish va mamlakat energetika tizimi xavfsizligiga xavf solish». «Ukraina xalqi tinchlik va xavfsizlikda yashashga loyiqdir, Qo‘shma Shtatlar va xalqaro hamjamiyat Ukraina Rossiya tajovuzini mag‘lub etmaguncha uni qo‘llab-quvvatlashda davom etishi kerak», dedi prezidentlik muddati 20 yanvarda tugaydigan 82 yoshli Jo Bayden.
Tramp: Ukrainadagi urushga yechim topishda o‘zgarishlar bor
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi urushni hal qilishda «ozgina olg‘a siljish» haqida gapirdi, biroq tafsilotlarni keltirmadi. Bu haqda u 16 dekabr kuni saylovda g‘alaba qozonganidan keyingi ilk matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Moskva bilan tinchlikka erishmoqchi va u bu borada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bog‘lanmoqchi. U Volodimir Zelenskiyni urush oxirida «shartnoma tuzishga» tayyorlanishga chaqirdi. Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina prezidentini Donald Tramp 2025 yil yanvarida o‘tkaziladigan inauguratsiya marosimiga taklif qilmagan.
Bundan tashqari, AQShning saylangan prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining Ukrainaga Rossiya hududiga Amerika qurollari bilan zarba yo‘llashga ruxsat bergan qarorini noto‘g‘ri va ahmoqlik deb atadi va buni qayta ko‘rib chiqishi mumkinligini aytdi.
Kiyev Moskva bilan tinchlik o‘rnatish uchun o‘z hududlarining bir qismini qurbon qilishi kerakmi, degan savolga Tramp bilmasligini aytdi. «Ko‘p yerlarda birorta ham bino yo‘q, odamlarning qaytib keladigan joyi yo‘q», — deya qo‘shimcha qildi u.
«Bu yomon. Hech kim ko‘rmagan sonda odamlar o‘ldirilmoqda. Bilasizmi, u yerda juda tekis dalalar bor. Va o‘qni to‘xtatadigan yagona narsa — tana, inson tanasi. O‘ldirilgan askarlar soni har ikki tomondan ham astronomikdir, men hech qachon bunaqasini ko‘rmaganman», — dedi Donald Tramp Ukrainada davom etayotgan jangovar harakatlar haqida.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bosh prokuraturada jinoyatchilikning oldini olish masalasida idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 13:20
-
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
-
Vengriya va O‘zbekiston olimlari yangi dori vositasini ishlab chiqarish ustida ishlamoqda
Fan-texnika | 12:27
-
Toshkentda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan o‘qituvchi 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 12:23
Mavzuga oid

12:20
Sirskiy: Ukraina qurolli kuchlari Kursk oblastidan qisman chiqib ketyapti

20:43 / 12.03.2025
Rossiya qo‘shini Sudjaga kirdi

18:24 / 12.03.2025
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

16:24 / 12.03.2025