Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayram kunlari Toshkentda avtobuslar qisqartirilgan jadval asosida harakatlanadi
Toshkentda avtobuslar 1-2 yanvar kunlari yakshanba uchun tasdiqlangan jadval asosida, 3 yanvar, juma kuni esa ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi.
«Toshshahartransxizmat» kompaniyasi yaqinlashib kelayotgan bayram kunlari uchun jamoat transporti harakati jadvalini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, «Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida»gi prezident qaroriga binoan, Yangi yil bayram tadbirlarini nishonlash maqsadida, dam olish kunlarida avtobus saroylariga biriktirilgan avtobus yo‘nalishlarining faoliyati quyidagicha tashkil etiladi:
- 2025 yil 1 yanvar, chorshanba – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 2025 yil 2 yanvar, payshanba – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 2025 yil 3 yanvar, juma – ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
- 2025 yil 4 yanvar, shanba – ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 2025 yil 5 yanvar, yakshanba – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
Avvalroq 28 dekabrdan 5 yanvarga qadar Toshkentdan Bo‘stonliq tumanidagi «Chorvoq» erkin turistik zonasiga mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026