Chechenistonda kriptovaluta mayningi bilan shug‘ullanuvchilar terrorchilarga tenglashtiriladi
Chechenistonda kriptovaluta mayningi bilan shug‘ullanuvchi odamlar terrorchilarga tenglashtiriladi. Bu haqda Davlat dumasi deputati va respublika rahbarining maslahatchisi Adam Delimxanov ma’lum qildi.

Adam Delimxanov / Foto: TASS
Uning so‘zlariga ko‘ra, Chechenistonda «noqonuniy mayning holatlari» aniqlangan. Delimxanovning qo‘chimcha qilishicha, «ularning aksariyati turli tuzilmalarda ishlovchi odamlarga bog‘liq». Deputat gap qaysi tuzilmalar haqidagi ketayotganiga aniqlik kiritmagan.
«Rahbarimiz Ramzan Qodirov butun tuman, qishloq yoki shaharda elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradigan bunday holatlar aniqlansa, aybdorlar qattiq jazoga tortilishidan barcha aholi xabardor bo‘lishini so‘ramoqda. Ularning harakatlari butun jamiyatga zarar yetkazayotgani bois, biz ularni terrorchilarga tenglashtiramiz», — deydi deputat.
Uning aytishicha, noqonuniy mayning boshqa insonlarning elektr energiyasi o‘g‘irlanishiga olib keladi. Chechenistonda allaqachon bu kabi holatlarni aniqlash ishlari boshlangan, ammo ular endi kuchaytiriladi.
Dekabr oxirlarida Rossiya hukumati kriptovaluta mayningi taqiqlanadigan hududlar ro‘yxatini tasdiqlagan edi. Taqiq 2025 yil 1 yanvardan 2031 yil 15 martga qadar amalda bo‘ladi. Ro‘yxatdan Dog‘iston, Ingushetiya, Kabardin-Bolqoriya, Qorachay-Cherkesiya, Shimoliy Osetiya, Checheniston, shuningdek, Ukrainaning anneksiya qilingan hududlari — DXR va LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlari ham o‘rin olgan. Bundan tashqari, Irkutsk oblasti, Buryatiya va Baykalorti o‘lkasining ayrim hududlarida ham taqiqlanadi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
KXDR Rossiyani Ukrainaga qarshi urushda qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi
Jahon | 11:35
-
Vengriya Sirdaryoda parrandachilik klasterini barpo etadi
Iqtisodiyot | 11:15
-
Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlari qo‘mondonligida o‘zgarishlar amalga oshirdi
Jahon | 11:09
-
Zelenskiy: Rossiya butun dunyoga nafratini bildiryapti
Jahon | 11:05
Mavzuga oid

18:07 / 04.06.2025
Moskva markazida chechenlar odam o‘g‘irlashdi

20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi

20:26 / 15.05.2025
Kriptofiribgarlar Telegram orqali 27 mlrd dollar pul yuvgani ma’lum bo‘ldi

20:04 / 08.05.2025