Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirovning öğli — 18 yoşli Adam Qodirovning yanvar oyida Grozniyda sodir bölgan yöl-transport hodisasi (YTH)dan keyin taloğini olib taşlaşgan bölişi mumkin. Bu haqda payşanba, 12 fevral kuni “Novaya gazeta Yevropa” manbaga tayanib xabar berdi.

Naşr yozişiça, Moskvadagi Botkin kasalxonasida Qodirovning öğliga yarim yil davomida qat’iy parhez belgilangan. Versiyaga köra, Qodirovning öğlida jağ suyagida yoriq ham aniqlangan bölib, bu vaqtinça qattiq ovqat iste’mol qilişni istisno etadi. Gazeta qayd etişiça, uç hafta içida Adam Qodirov ança ozib ketgan.

Ularning ta’kidlaşiça, şifokorlar köriş funksiyasi şikastlanişini ham aniqlagan. Naşr manbasi sözlariga köra, “haligaça bu jarohat oqibatlari qanday bölişi aniq emas, xavf bor”, ya’ni Qodirovning öğli “bir közi körmay qolişi” mumkin.

Çeçeniston hokimiyati tomonidan bu ma’lumotga rasmiy tasdiq berilmagan.

Qodirovning Telegram-kanali 10 fevral kuni video joylaştirdi: unda “keçki ovqat” paytida xonaga Qodirovning öğli kirib kelayotgani körinadi. Kadrlarga qaraganda, u bir neça kilogramm taşlagan. Videoda u heç narsa yemagan.

Çeçeniston muxolif harakati NIYSÖning Telegram-kanali 16 yanvar kuni Qodirovning öğli korteji “odatdagidek, yuqori tezlikda, maşina ortidan maşina harakatlanayotganda kutilmaganda tösiqqa duç kelgani” haqida xabar berdi. “Natijada maşinalar bir-biriga urilgan”, — deyilgan xabarda. Kanal ma’lumotiga köra, YTHda oğir tan jarohati olganlar orasida Çeçeniston rahbari öğlining uç nafar qöriqçisi ham bor.

Adam Qodirov — Çeçeniston Xavfsizlik kengaşi kotibi. 2025 yil aprelida u Çeçeniston Içki işlar vazirligi kuratorligiga tayinlangan. Bundan taşqari, Qodirovning öğli Putin nomidagi maxsus tayyorgarlik böyiça Rossiya universitetini, şuningdek RF Mudofaa vazirligi tarkibidagi Şayx Mansur va Baysangur Benoyevskiy nomli batalonlarga ham kuratorlik qiladi.

“Novaya gazeta” ma’lumotlariga köra, 2019 yil yanvar oyida Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirovga oşqozonosti bezi nekrozi taşxisi qöyilgan, 2022 yil bahoridan esa uning ahvoli yomonlaşa boşlagan. “Novaya gazeta Yevropa” yozişiça, RF prezidenti ma’muriyati Çeçenistonda hokimiyat almaşinuvi ssenariysini 2023 yil sentabridan beri işlab çiqmoqda.