Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FT Rossiya va Ukraina 2025 yilda tinchlik shartnomasi tuzishini prognoz qilmoqda
Financial Times Rossiya 2025 yilda sanksiyalar tahdidi ostida Ukraina bilan tinchlik shartnomasi tuzishini prognoz qilmoqda. Gazetaga ko‘ra, buning uchun Donald Tramp Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishi kerak.
Foto: Getty Images
Rossiya 2025 yilda sanksiyalar tahdidi ostida Ukraina bilan tinchlik shartnomasini tuzadi. Bu haqda Financial Times (FT) gazetasining prognozlar jamlanmasida so‘z boradi. Gazetaning hisoblashicha, AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp bunga erishish uchun Kiyevga qo‘llab-quvvatlovini kuchaytirishi kerak bo‘ladi.
FT’ga ko‘ra, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya tomonidan egallangan hududlar ustidan nazoratga «ayrim yerlarni almashish hisobiga yuridik bo‘lmasa ham, faktik jihatdan» rozi bo‘ladi. Buning evaziga u AQSh qo‘llab-quvvatlovida Yevropa xavfsizligi kafolatlarini so‘raydi va Ukrainaning NATOga qo‘shilishi muzatiladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin jangovar harakatlarni to‘xtatish sharti sifatida Ukraina Qurolli kuchlarini LXR va DXR, shuningdek, Xerson va Zaporojye viloyatlaridan olib chiqib ketilishini talab qilgan. Shuningdek, u Ukraina NATOga qo‘shilishdan voz kechishini talab qilmoqda.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken 19 dekabr kuni Amerikaning MSNBC telekanaliga bergan intervyusida ukrainaliklar «jangni davom ettirish yoki muzokaralar olib borish va o‘t ochishni to‘xtatishga urinish bo‘yicha fundamental qaror qabul qilishi kerak», degandi. Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning amaldagi rahbariyati Kiyev va AQSh keyingi ma’muriyatini 2025 yilda Kreml bilan potensial tinchlik muzokaralarini boshlash uchun eng yaxshi holatga keltirishni maqsad qilgan.
Mavzuga oid
14:06 / 21.12.2025
AQSh harbiylari Venesuela sohillari yaqinida yana bir neft tankerini qo‘lga oldi
23:40 / 20.12.2025
Netanyahu Tramp bilan Eronga yana hujum qilish masalasini muhokama qilmoqchi
14:26 / 20.12.2025
Putin: AQSh Alyaskada taklif qilgan murosalarga rozi bo‘ldik
09:41 / 20.12.2025