Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyalik erkak samolyot halokatida oilasining 12 a’zosini yo‘qotdi
«Men katta oiladan omon qolgan yagona odamman», dedi u.
Yaqinda Muan shahridagi samolyot halokatida janubiy koreyalik erkak 12 nafar oila a’zosi va yana 5 nafar do‘stidan ajraldi. Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi xabar berdi.
Gap Tailandda oilasi va do‘stlari bilan ta’tilda bo‘lgan Janubiy Koreya fuqarosi haqida ketmoqda. Biroq, ish bilan bog‘liq holatlar tufayli, erkak Hindistonga ketishga majbur bo‘lgan, uning oila a’zolari esa samolyotda uyiga qaytgan.
«Men katta oiladan omon qolgan yagona odamman», dedi u.
Xabar qilinishicha, erkak hodisadan xabar topgach, darhol safarini to‘xtatib, DNK testini topshirish va qarindoshlarini topishga yordam berish uchun Hindistondan Janubiy Koreyaga qaytgan.
«Men bobosining tug‘ilgan kunini nishonlashini aytgan olti yoshli qizimning ovozini unutolmayapman», deb tan oldi u falokatda fojiali tarzda halok bo‘lgan qizi haqida gapirib.
JeJu Airlines aviakompaniyasining samolyoti 29 dekabr kuni Muan aeroportida (Seuldan 300 kilometr uzoqlikda) halokatga uchradi. Samolyot bortida 175 yo‘lovchi va 6 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Halokat oqibatida 179 kishi qurbon bo‘ldi. Ikki kishi tirik qoldi. Yo‘lovchilarning aksariyati Janubiy Koreya fuqarolari edi.
Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi Choy Sang Mok 29 dekabrdan 4 yanvargacha yetti kunlik milliy motam e’lon qildi.
Mavzuga oid
21:35 / 15.06.2026
Rossiyada Tu-22M3 bombardimonchisi halokatga uchradi
23:05 / 14.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026