Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada 52 yil oldin bedarak yo‘qolgan ayol topildi
Sheyla Foks 16 yosh payti yo‘qolib qolgan va politsiya uni qidirishga tushgan. Huquq-tartibot idoralarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali e’lon qilingan surat ayolning topilishiga xizmat qildi.
Britaniyada 52 yil oldin yo‘qolgan ayol politsiya uning suratini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilganidan keyin topildi. Shunday qilib mamlakatda bedarak yo‘qolishga oid eng uzoq davom etgan ishga yakun yasaldi, deb yozadi The Guardian.
Qayd etilishicha, 68 yoshli Sheyla Foks 1972 yilda, 16 yoshligida Koventrida yo‘qolib qolgan. U vaqtda Uest-Midlends politsiyasi qiz ota-onasi bilan yashagani va bir erkak bilan munosabatda bo‘lganiga oid taxminni ilgari surgan. Politsiya o‘shanda qiz o‘z xohishi bilan ketib qolgan bo‘lishi mumkinligini aytgan edi.
29 yanvar kuni Uest-Midlends politsiyasi Foksni topish bo‘yicha yangi chaqiriq bilan murojaat qilib, uning 16 yoshligidagi suratini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirgan. Oradan bir necha soat o‘tib jamoatchilik vakillari politsiya bilan bog‘langan, 1 yanvar kuni esa huquq-tartibot organlari Foks tirik ekanini tasdiqlagan.
Ma’lum bo‘lishicha, ayol hozirda mamlakatning boshqa qismida istiqomat qilmoqda. «Biz Uest-Midlends politsiyasida bedarak yo‘qolganlik holati bo‘yicha eng uzoq davom etgan ishlardan biri yakunlangani to‘g‘risida xabar berishdan mamnunmiz», — deydi mahalliy politsiya vakili.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda elekrichkada yo‘qolib qolgan belaruslik qiz 20 yildan so‘ng Rossiyada topilib, ota-onasiga qaytarilgan edi.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
09:31 / 28.03.2026
O‘zbekistonlik talabalar Britaniya diplomini ham olishi mumkin
15:26 / 04.03.2026
Toshkentdagi yangi muzey majmuasi BBC’ning eng muhim loyihalar ro‘yxatiga kiritildi
13:31 / 13.02.2026