Apple suhbatlarni maxfiy tinglash bo‘yicha da’vogarlarga pul taklif qilmoqchi
Apple kompaniyasi o‘zining ba’zi qurilmalari foydalanuvchilar suhbatini ruxsatsiz «tinglagani va yozib olgani» haqidagi da’voni hal qilish uchun 95 million dollar to‘lashga rozi bo‘ldi.

Foto: Getty Images
Texnologiya giganti o‘zining virtual yordamchisi Siri orqali mijozlarning suhbatlarini tinglaganlikda ayblangan edi, deb yozdi BBC. Da’vogarlar, shuningdek, ovozli yozuvlar reklama beruvchilar bilan «baham ko‘rilganini» da’vo qilmoqda. O‘z navbatida reklama beruvchilar suhbatlardagi so‘zlardan kontekst reklama maqsadida foydalangan.
Asosiy da’vogar Fumiko Lopes so‘zlariga ko‘ra, kompaniya uning qizi bilan bo‘lgan suhbatni maxfiy yozib olgan. Suhbatda ba’zi mahsulotlar, jumladan Air Jordans krossovkalari tilga olingan. Shundan so‘ng, ularga shu mazmundagi reklamalar ko‘rsatilgan.
Apple barcha ayblovlarni rad qilmoqda. Shunday bo‘lsa-da, kompaniya da’vogarlar bilan kelishib olishni ma’qul ko‘rgan. Chunki, ehtimoliy sud jarayoni bundan ancha katta to‘lovga olib kelishi mumkin.
Sud hujjatlariga ko‘ra, endi Qo‘shma Shtatlarda yashagan har bir da’vogar 2014 va 2019 yillar oralig‘ida egalik qilgan va Siri yordamchisi bo‘lgan har bir qurilma uchun 20 dollargacha olishi mumkin. Bunday holda, advokatlar umumiy to‘lovning 30 foizini oladi, bu 30 million dollardan ozroqdir.
Apple kompaniyasining 2024 yil 28 sentabrgacha bo‘lgan uch oylik daromadi 94,9 milliard dollarni tashkil etgan.
Apple so‘nggi yillarda bir nechta sud jarayonlariga duch keldi.
2024 yil yanvar oyida kompaniya AQSh hududida iPhone smartfonlarini qasddan sekinlashtirgani uchun 500 million dollarlik da’vo pulini to‘lashni boshladi.
Mart oyida kompaniya Buyuk Britaniyaning Norfolk okrugi kengashi tomonidan olib borilgan umumiy da’vo bo‘yicha 490 million dollar to‘lashga rozi bo‘ldi.
Noyabr oyida esa Britaniyaning iste’molchilarni himoya qilish tashkiloti Apple o‘zining iCloud xizmati orqali mijozlarni aldaganlikda ayblab, jamoaviy da’vo qo‘zg‘atdi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Britaniya energetika xavfsizligini ta’minlashda hamkorlik qiladi
O‘zbekiston | 14:11
-
AQShda Harvardning 2,2 mlrd dollarlik grantlari muzlatib qo‘yildi
Jahon | 13:59
-
Vengriya Sirdaryoda 8 ta parrandachilik fabrikasini quradi
Iqtisodiyot | 13:52
-
Shavkat Mirziyoyev Andijon xalqaro aeroporti modernizatsiyasi bilan tanishdi
O‘zbekiston | 13:47
Mavzuga oid

13:59
AQShda Harvardning 2,2 mlrd dollarlik grantlari muzlatib qo‘yildi

09:05
AQSh bojlarni Shveytsariya tufayli uch oyga kechiktirgani aytilmoqda

08:22
Harvard professorlari Tramp ma’muriyatini sudga berdi - gap 9 mlrd dollar haqida

07:34