Polshada fermerlar norozilik namoyishlarini boshladi
Varshavada polshalik fermerlar Ukrainadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importi, shuningdek, Yevropa ekologik normalariga qarshi norozilik aksiyalarini boshladi.

Foto: AP
Polshalik fermerlar Yevropa komissiyasining Varshavadagi vakolatxonasi qarshisida norozilik aksiyasini o‘tkazmoqda. Qayd etilishicha, 3 yanvar kuni Yevrokomissiyaning Varshavadagi vakolatxonasi qarshisida agrar sektorning bir necha ming vakili to‘plangan. Namoyishlar Polsha 2025 yil o‘rtalariga qadar Yevropa Ittifoqi raisligini zimmasiga olgan vaqtga to‘g‘ri keldi.
Polshalik fermerlar Ukrainadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importi, Yevropa ekologik normalari, mamlakatda iqtisodiy ko‘rsatkichlar qulashiga qarshi namoyishlar boshlagan.
«Mamlakatimizda mavjud barcha qishloq xo‘jaligi tashkilotlari Yevropa Ittifoqining zararli siyosatiga, bizning fermalarimizni yopilishga majbur qiladigan ushbu siyosatni boshlagan Ursula fon der Lyayyenga qarshi o‘tkazmoqda», — deydi «Birdamlik» kasaba uyushmalari rahbari Tomash Okanskiy.
Fermerlar namoyishiga, shuningdek, ovchilik jamiyati vakillari ham qo‘shilgan, ular o‘rmonlardan foydalanish va ov qilish borasidagi YeI hamda hukumat siyosatidan norozi.
Aksiya Varshava markazidagi Yasnaya ko‘chasida boshlangan va u markaziy ko‘chalar bo‘ylab davom etadi. Polsha poytaxti politsiya komendaturasi fermerlarning yurishi sabab qator ko‘chalarda harakat to‘xtatilganini ma’lum qildi.
O‘z navbatida Polsha Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vazirligi idora rahbari Cheslav Sekerskiy fermerlarni ish joyida kutayotgani va ularning talablarini tinglashga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida polshalik fermerlar Ukraina bilan chegarada joylashgan Medika — Shegini nazorat-o‘tkazish punktidan o‘tuvchi yo‘lni yuk mashinalari harakati uchun to‘sib qo‘ygandi. O‘shanda norozilik namoyishlari ikki sababga ko‘ra o‘tkazgan — ular bevosita Ukrainaga bog‘liq emas. Birinchisi bu — 2024 yilda qishloq xo‘jaligi soliqlarini 2023 yilgi darajada saqlab qolish talablari bajarilmagani. Ikkinchisi — Yevropa Ittifoqi tomonidan Janubiy Amerika davlatlari — Braziliya, Argentina, Paragvay va Urugvay bilan erkin savdo to‘g‘risida bitim imzolanishiga oid xavotir. Fermerlar soliqlarni oshirmaslik va bitim imzolanmasligini talab qilgan edi.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Birlashgan Arab Amirliklari qonunlar yozishni sun’iy intellektga topshirmoqchi
Jahon | 12:30
-
Tramp Markaziy bank rahbarini tanqid qilgach, AQSh fond bozori quladi
Jahon | 12:18
-
Isroil-HAMAS muzokaralarida uzoq muddatli sulh taklif etildi
Jahon | 12:15
-
Tramp faoliyatini ma’qullash reytingi tobora pasayib borayotgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 12:04
Mavzuga oid

23:09 / 18.04.2025
Polshada ilk bor ayol kishi F-16 qiruvchi samolyoti uchuvchisiga aylandi

14:40 / 09.04.2025
AQSh Ukraina yaqinidagi Polsha aerodromidan kuchlarini olib chiqib ketyapti

08:16 / 01.04.2025
Polsha AQSh bilan 2 mlrd dollarlik havo hujumidan mudofaa bo‘yicha shartnoma tuzadi

23:16 / 28.03.2025