Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidentiga ta’ziya maktubi yo‘lladi
O‘zbekiston rahbari Baydenga Nyu-Orleandagi qonli hodisa tufayli hamdardlik bildirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nyu-Orlean shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Jozef Baydenga ta’ziya maktubi yo‘lladi.
Davlat rahbari O‘zbekiston xalqi nomidan halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Amerika xalqiga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
2025 yil 1 yanvarga o‘tar kechasi Nyu-Orleanda AQSh armiyasi faxriysi Shamsuddin Jabbor mashinasini yangi yilni nishonlayotgan odamlar ustiga haydadi. Shundan so‘ng, politsiya uni otib o‘ldirdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisada Jabborning o‘zi bilan birga jami 15 kishi halok bo‘lgan, kamida 35 kishi jarohat olgan.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026