Microsoft ma’lumotlarni qayta ishlar markazlarini yaratishga 80 mlrd dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda
Microsoft prezidenti Bred Smitning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt - bu joriy yuz yillikning elektr energiyasidir, kelayotgan to‘rt yil esa AQShning keyingi chorak asrdagi iqtisodiy muvaffaqiyatiga poydevor bo‘lishi mumkin.
Amerikaning Microsoft texnologik kompaniyasi 2025-moliyaviy yilda sun’iy intellekt (SI) bazasida ishlaydigan ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini yaratishga qariyb 80 milliard dollar investitsiya kiritmoqchi.
Microsoft prezidenti Bred Smitning ma’lum qilishicha, sun’iy intellekt — bu joriy yuz yillikning elektr energiyasidir, kelayotgan to‘rt yil esa AQShning keyingi chorak asrdagi iqtisodiy muvaffaqiyatiga poydevor bo‘lishi mumkin.
Smitning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt iqtisodiyotning barcha yo‘nalishlarida samaradorlikni oshiradi va innovatsiyani rag‘batlantiradi.
Microsoft prezidentiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar ushbu texnologiya o‘z ustuvorligini ikki barobar oshirsa va xalqaro darajada samarali hamkorlik qilsa, uning yangi to‘lqini boshida turishga tayyor. «Hozirda AQSh sun’iy intellekt bo‘yicha global poygada xususiy kapital va Amerika kompaniyalarining innovatsiyalari hisobiga yetakchilik qilmoqda», — deydi u.
Smitning so‘zlariga ko‘ra, 2025-moliyaviy yilda Microsoft SI modellarini o‘rganishga mo‘ljallangan sun’iy intellekt bazasidagi ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini yaratishga qariyb 80 milliard dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.
«Investitsiyalarning yarmidan ortig‘i AQSh infratuzilmasiga yo‘naltiriladi», — deya qo‘shimcha qiladi u.
2024 yilning oktyabrida ChatGPT chatbotini yaratgan OpenAI kompaniyasi yangi investitsiya raundi doirasida 6,6 milliard dollar jalb qilgandi. O‘ganda kompaniya qariyb 1 milliard dollarni Microsoft kompaniyasidan olgan.
Mavzuga oid
20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi
00:10 / 25.12.2024
Sun’iy intellekt diabet rivojlanish xavfini o‘nlab yillar oldin aniqlashga yordam beradi
13:06 / 24.12.2024
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda sun’iy intellektga tayyorlik bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
00:05 / 23.12.2024