Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Asad ag‘darilganidan keyin Suriyaga qarshi sanksiyalarni yumshatdi
Xususan, neft va gaz sanksiyalari yumshatilgan, ammo bu amerikaliklarning o‘zi uchun muhim.
AQSh hokimiyat almashganidan keyin Suriyaga qarshi sanksiyalarni yumshatdi. Bu haqda AQSh Moliya vazirligi xabar berdi.
Xususan, Vashington Suriyadagi davlat muassasalari bilan ba’zi moliyaviy operatsiyalarga, energiya resurslari uchun to‘lovlarga, shuningdek, Suriya Markaziy banki orqali pul o‘tkazmalariga (Rossiya yoki Eron manfaatlaridan tashqari) cheklovlarni vaqtincha bekor qildi.
«Bugungi kunda AQSh Moliya vazirligining Chet el aktivlarini nazorat qilish boshqarmasi Suriyadagi faoliyat va operatsiyalar uchun ruxsatnomani 2024 yil 8 dekabrdan keyin uzaytirish uchun Suriya bosh litsenziyasini (GL 24) berdi. Bu ruxsatnoma 6 oy muddatga berildi. AQSh Suriyadagi vaziyatni kuzatishda davom etmoqda», deyiladi bayonotda.
GL 24 litsenziyasi 2024 yil 8 dekabrdan keyin Suriyadagi davlat idoralari bilan operatsiyalar uchun amal qiladi. Xususan, neft, neft mahsulotlari, tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan bog‘liq bitimlar, shuningdek, mamlakatga shaxsiy pul o‘tkazmalarini amalga oshirishga ruxsat etiladi.
«Rossiya va Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Bashar Asadning shafqatsiz va repressiv boshqaruvining tugatilishi Suriya va uning xalqiga qayta tiklanish uchun noyob imkoniyat yaratadi. Ushbu o‘tish davrida Moliya vazirligi Suriyada gumanitar yordam va mas’uliyatli boshqaruvni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi», dedi AQSh moliya vaziri o‘rinbosari Uolli Adeyyemo.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026