Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma’lumotlariga köra, dunyo böyiça tuğilayotgan har 100 nafar bolaning bittasida autizm aniqlanadi va oxirgi yillarda autizmga çalingan bolalar soni har yili 13 foizga oşmoqda. Autizm taşxisli bolalarning öz dunyosi böladi. Şuning uçun ular jamiyatga moslaşişi qiyin. Lekin ularni bu holida yolğiz qoldiriş kasallikning yanada oğirlaşişiga sabab böladi. Kun.uz Toşkentdagi Nurafşon öquv markazi bilan hamkorlikda şunday bolalarni jamiyatga moslaştiriş yuzasidan yöriqnomalarni taqdim etadi.

Zarifa Turğunova, Nurafşon öquv markazi mehnat öqituvçisi:

“Bugungi öquvçim 15 yoş, nutqi yöq. Unda notöğri xulq köpligi sababli eng köp mehnat darsiga jalb qilamiz. Bunda biz vizual kartoçkalardan foydalanamiz. Bola bir işni boşlagandan keyin davomini tuşunmaydi, şunday paytda unga kartoçkalar yordamida bosqiçma-bosqiç tuşuntiramiz.Oxirida esa bola eng yaxşi köradigan narsaning rasmini yopiştirib qöyamiz. Agar bola hammasini yaxşi bajarsa unga öşa rasmdagi narsani beriş kerak.

Bu jarayon bolaga uyda, köçada özini yaxşi tutişiga yordam beradi. Onalar uyda ham bu kartoçkalarni çiqarib kun tartibida foydalanişlari mumkin. Ovqat pişiriş, kiyim kiyiş – hammasida foydalansa böladi. Çunki bola oğzaki muloqotga tuşunmaydi, unga kartoçka bilan vizual ta’sir körsatiladi. Bora-bora bola özi tuşunib, bu işni mustaqil qila boşlaydi”.

Autizm nasldan naslga ötadigan xastalik emas, uning kelib çiqiş sabablari haligaça noma’lum. Bunday bolalar ijtimoiy hayotga moslaşa olmaydi. Asab tizimidagi buzilişlar tufayli bola yon-atrofdagi voqealarga mutlaqo befarq yoki uning aksi ölaroq öta ta’sirçan bölib qoladi. Ismini aytib çaqirganda qaramaydi. Onasining erkalaşlariga heç qanday emotsiya bildirmaydi.

Markaz mutaxassislariga köra, bu vaziyatda bolani köz qaraşlar bilan boşqariş mumkin.

Nargiza Samadova Nurafşon öquv markazi mutaxassisi:

“Hozirgi kunda gadjetlar zamonida, nafaqat rivojlanişda kamçiligi bor bolalar, balki soğlom bolalar uçun ham bu maşqlar judayam kerak. Çunki köz kontakti bu – nutq degani. Bu maşqlar bolaning diqqatini jamlaşga, onaning aytganini bajarişga, köz orqali tuşunişga, mumkin-mumkinmas narsalarga reaksiya qilişga yordam beradi. Bu narsa bolaning hayoti davomida judayam muhim ahamiyatga ega”.

Bunday bolalarning miyasi juda faol darajada böladi. Ammo ular ma’lumotlarni qabul qilişda qiynaladi. Ular odamlarni, ovozlarni ajrata olmaydi. Yoki özlariga va yonidagilarga nisbatan öta agressiv munosabatda bölişlari mumkin.