Styuardessaga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi
Sochi – Toshkent yo‘nalishidagi samolyotda uchib kelayotgan erkak “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi bort kuzatuvchisiga tegajog‘lik qilgan. Styuardessaning tanbehiga qaramay u ushbu harakatini to‘xtatmagan. Sud qarori bilan erkakka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Foto: Uzbekistan Airways
Samolyot bortida styuardessaga shilqimlik qilgan erkak ma’muriy jazoga tortildi.
Kun.uz o‘rgangan sud qarorida keltirilishicha, holat 2024 yilning 31 dekabr kuni Sochi – Toshkent yo‘nalishida uchib kelgan samolyot bortida kuzatilgan. 1985 yilda tug‘ilgan J.E. ushbu reysda uchib kelayotib, mast holda styuardessaning tanasini ushlab, unga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan.
J.E. sudda aybiga iqrorlik bildirmagan hamda qo‘lidagi narsasi polga tushib ketganini, uni olayotganda styuardessaga tegib ketganini bildirgan.
Styuardessa esa J.E. mast holda bir necha marotaba uning yonboshiga qo‘li bilan teginib, shilqimlik qilganini aytgan.
“Unga bunday harakatlarni to‘xtatishni so‘rab tanbeh berdim. Biroq J.E. harakatlarini to‘xtatmadi, boshqa yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishimga to‘sqinlik qilib, menga qo‘pol muomalada bo‘lishda davom etdi. Unga qonuniy chora ko‘rishni so‘rayman”, degan u sudda.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining 2025 yil 7 yanvardagi qaroriga ko‘ra, J.E. MJtKning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan. Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Oldinroq Toshkent viloyatida tish davolatishga kelgan bemor shifokor shilqimligiga uchragani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Qurolli kuchlari Kursk oblastidagi asosiy vazifasini bajarib bo‘ldi - Zelenskiy
Jahon | 00:22
-
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
Jamiyat | 23:40 / 14.03.2025
-
Kanadaning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi
Jahon | 23:29 / 14.03.2025
-
Ozoda Nursaidova klipi jarayonida avariya bo‘lgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi - voqea tafsilotlari
Jamiyat | 23:03 / 14.03.2025
Mavzuga oid

12:23 / 13.03.2025
Toshkentda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan o‘qituvchi 5 sutkaga qamaldi

17:25 / 06.03.2025
Moskva aeroportida Uzbekistan Airways samolyoti shikastlandi

16:08 / 04.03.2025
Toshkentda 9 yoshli qizga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

19:55 / 19.02.2025