Trampning Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kiyevga tashrifini keyinga qoldirdi
Trampning Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus elchisi etib saylangan Kit Kellog Kiyevga rejalashtirilgan safarini inauguratsiyadan keyingacha to‘satdan qoldirdi. U vaziyatga izoh berish so‘roviga e’tibor qaratmadi, deb yozadi Reuters.

Foto: AFP
AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili, iste’fodagi general Kit Kellog Kiyevga avvaldan rejalashtirilgan faktlarni o‘rganish uchun safarini qoldirdi. Bu haqda 6 yanvar, dushanba kuni kechki payt Reuters Tramp atrofidagi to‘rt manbaga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, Kellogning nafaqat Kiyevga, balki Rim va Parijga ham tashrifi saylangan prezidentning «inauguratsiyasidan keyingacha» qoldirildi. Agentlik manbalari Yevropaga safarning keyinga qoldirilgani sabablarini aytmadi. «Kellog ham, Ukrainaning Vashingtondagi elchixonasi vakili ham izoh berish so‘rovlariga javob qaytarmadi», — deyiladi Reuters xabarida.
Kellog yanvarda Kiyevga tashrif buyurishni rejalashtirgandi
Avvalroq AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Ukraina va Rossiya Federatsiyasi bo‘yicha o‘zining maxsus vakili etib tanlagan iste’fodagi general Kit Kellog yanvar oyi boshida Yevropaning bir qancha poytaxtlariga, jumladan Kiyevga ham tashrif buyurishni rejalashtirayotgani aytilgandi.
Kellog Kiyevda Ukraina rahbariyati bilan uchrashmoqchi ekani bildirilgan. Bundan tashqari, uning jamoasi Parij va Rimda yuqori martabali siyosatchilar bilan uchrashuvlar tayyorlagan. Maqsad Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha unchalik faol muzokaralar emas, balki AQShning yangi ma’muriyati uchun ma’lumot to‘plash edi.
AQSh yangi prezidentining inauguratsiyasi 2025 yil 20 yanvarga belgilangan.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda 130 yil muqaddam cho‘kib ketgan kema qoldiqlari topildi
Jahon | 15:45
-
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17
-
AQShda oqqush gavjum shossega yugurib chiqib, avtomobillar harakatini deyarli to‘xtatib qo‘ydi (video)
Jahon | 14:58
-
O‘zbekiston fuqarolari Xorvatiyaga ishlash uchun jo‘natiladi
O‘zbekiston | 14:43
Mavzuga oid

14:39
Zelenskiy AQShning Rossiyaga nisbatan «kuchli qadamlari» haqida ogohlantirdi

12:20
Sirskiy: Ukraina qurolli kuchlari Kursk oblastidan qisman chiqib ketyapti

20:43 / 12.03.2025
Rossiya qo‘shini Sudjaga kirdi

18:24 / 12.03.2025