Armaniston hukumati YeIga qo‘shilishni boshlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi
Nikol Pashinyanga ko‘ra, qonun loyihasi «Armanistonning to‘g‘ridan to‘g‘ri Yevroittifoqqa a’zoligini bildirmaydi» va bu masala bo‘yicha qaror «faqat referendum orqali qabul qilinishi mumkin». Hujjat parlamentga yuborilgan.

Foto: Getty Images
Armaniston hukumati 9 yanvar kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish jarayonlarini boshlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi, deb xabar beradi Armenia News.
Qonun loyihasini taqdim etgan mamlakat tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan u Milliy assambleyaga (parlament) kiritilishini ma’lum qilgan va bir qator holatlarni sanab o‘tgan holda hukumatga «ijobiy pozitsiyani bildirishni» taklif qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda Armaniston va YeI o‘rtasida «juda jadal va dinamik» munosabatlar yuzaga kelgan. Mirzoyanning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi respublikani siyosiy qo‘llab-quvvatlashini va Armanistonning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash yo‘lida ko‘maklashishga tayyorligini bildirgan.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning qo‘shimcha qilishicha, qonun loyihasi «Armanistonning to‘g‘ridan to‘g‘ri Yevroittifoqqa a’zoligini bildirmaydi» va bu masala bo‘yicha qaror «faqat referendum orqali qabul qilinishi mumkin». «Qonun qabul qilinganidan keyin biz YeI bilan ular o‘zlari va biz o‘zimiz tasavvur qilgan yo‘l xaritasini muhokama qilishimiz kerak», — deydi Pashinyan.
Sentyabr oyida Armaniston va Yevropa Ittifoqi vizasiz rejim bo‘yicha muzokaralarni boshlagan edi. YeIga qisqa muddatli safarlar uchun Armaniston fuqarolariga vizasiz rejim joriy etilishini mamlakat hukumati «muhim sohalardagi sezilarli islohot» deb atagan. Muhim masalalar qatorida sayohat hujjatlari xavfsizligi, chegara nazorati, migratsiya va boshpana, korrupsiyaga qarshi kurash va harakat erkinligi bilan bog‘liq asosiy huquqlarni hurmat qilish ham keltirilgan.
Oktyabr oyida Yevroparlamentda chiqish qilgan Nikol Pashinyan Yevropa Ittifoqini «so‘nggi yillarda Armaniston hukumatining tub islohotlarini qo‘llab-quvvatlayotgan asosiy sherik» deb atab, mamlakat «YeIga yaqinlashishga tayyorligini» bildirgan.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarga salomatlik sertifikati beriladi
O‘zbekiston | 13:01
-
Rossiyada hibsga olingan general Popov Ukrainadagi urushga yuborilmaydi
Jahon | 12:56
-
Yo‘l harakati sohasidagi ayrim davlat xizmatlari raqamlashtiriladi
O‘zbekiston | 12:27
-
YeI bolalar o‘yinchoqlarida qator kimyoviy moddalardan foydalanishni taqiqlayapti
Jahon | 11:56
Mavzuga oid

11:56
YeI bolalar o‘yinchoqlarida qator kimyoviy moddalardan foydalanishni taqiqlayapti

17:29 / 11.04.2025
Si Jinping YeIni AQSh bojlariga qarshi kurashda Xitoy bilan birlashishga chaqirdi

12:09 / 10.04.2025
YeI Ukrainaga yana 1 mlrd yevrolik navbatdagi transhni to‘ladi

09:22 / 08.04.2025