Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
100 ming gektar yer maydonlari aholiga ijaraga beriladi
Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladigan yer maydonlari 10 ming gektarga yetkaziladi.
Prezidentning “O‘zbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish va aholini doimiy daromad manbalari bilan ta’minlash maqsadida:
- paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirishdan bo‘shagan kamida 100 ming gektar yer maydonlarini ijaraga berish orqali 200 ming nafar aholi bandligi ta’minlanadi;
- tuproq agrokimyoviy tahlillarini o‘tkazish maqsadida 100 ta portativ-mobil laboratoriyani xarid qilish ta’minlanadi;
- organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladigan yer maydonlari 10 ming gektarga yetkaziladi.
Mazkur bandning ijrosini ta’minlashga mas’ul etib qishloq xo‘jaligi vaziri – I.Abdurahmonov belgilanadi.
Mavzuga oid
10:45 / 10.06.2026
Ayrim shaharlarda harbiy xizmatchilar uchun ijara kompensatsiyasi oshiriladi
08:30 / 02.06.2026
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
15:43 / 19.05.2026
Ayrim qarzlar notarius orqali undiriladi
08:44 / 18.05.2026