Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokimlarga ekologiya masalalari bo‘yicha konsultantlar jalb qilinadi
Tuman (shahar) darajasida ekologik pasportlar va ekologik master rejalar hamda hududlarning ekologik reytingini ishlab chiqish va keng jamoatchilikka taqdim etish amaliyoti joriy etiladi.
Prezidentning “O‘zbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Hududlarda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil qilish, hududiy davlat organlari va tashkilotlarning bu boradagi faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga ekologiya va “yashil rivojlanish” masalalari bo‘yicha konsultantlar jalb qilinadi;
2025 yil 1 sentabrdan boshlab tuman (shahar) darajasida ekologik pasportlar va ekologik master rejalar hamda hududlarning ekologik reytingini ishlab chiqish va keng jamoatchilikka taqdim etish amaliyoti joriy etiladi.
Mavzuga oid
12:30 / 14.03.2026
Karmana tuman hokimi o‘qituvchilarni hokimlikka yig‘ib, qariyb 1 soat turg‘izib qo‘ydi
10:08 / 14.03.2026
Qashqadaryodagi “Santa-Barbara”: adolat izlagan dehqonning 7 yillik sarguzashtlari
18:31 / 26.01.2026
Hokimlar yanvar oyida 400 ga yaqin qarorni asossiz yashirgani ma’lum bo‘ldi
19:21 / 01.01.2026