Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uchta viloyatda energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi
Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Departamentning Bo‘stonliq va Zangiota tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga tekshiruvlarda ushbu tumanlarda yashovchi fuqarolar A.B. va A.A. baliqchilik xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer va yashash xonadonida umumiy foydalanishdagi elektr va tabiiy gaz tarmoqlariga yashirin ravishda ulanib, jami 270,8 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Shu kabi Departamentning Nurobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro L.X. o‘ziga tegishli noturar joy binosida elektron gaz hisoblagichdan tashqari gaz quvuriga yashirincha ulanib, jami 116, 7 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Departamentning Qarshi shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.A. “Buyuk turon” MFY hududida joylashgan muzlatkich xonasini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, jami 107,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026
Sergelida kanalizatsiya inshooti atrofidagi sassiq hid bartaraf etiladi
17:03 / 04.07.2026