Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya Putin va Tramp uchrashuvini o‘tkazishga tayyor
Shveytsariya hukumati Vladimir Putin va Donald Tramp iltimos qilgan taqdirda uchrashuvni o‘tkazishga tayyor, deb xabar berdi mamlakat TIV.
Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasida kutilayotgan uchrashuv Shveytsariyada bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda Shveytsariya TIV vakili Nikolas Bido 10 dekabr, juma kuni chop etilgan mahalliy Le Temps nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Shveytsariya AQSh va Rossiya rahbarlarining sammitiga, ular bu haqda so‘rasa, mezbonlik qilishga tayyor. Bernning o‘zi bu masalada tashabbus ko‘rsatmaydi, dedi Bido.
«Byurgenshtok sammitidan buyon biz muntazam ravishda Ukraina, Rossiya va AQShni tinchlik o‘rnatishga hissa qo‘shadigan har qanday diplomatik sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligimiz haqida xabardor qilib turdik», — dedi u.
Tramp Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik haqida
9 yanvar kuni Tramp Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qildi. «Biz bu urushni, qonli tartibsizlikni tugatishimiz kerak», dedi 20 yanvar kuni AQSh prezidenti lavozimiga kirishishi kerak bo‘lgan respublikachi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin va Trampning uchrashuvi uchun hech qanday shart-sharoit talab qilinmasligini va Kreml respublikachining «muammolarni muloqot orqali hal qilishga» tayyorligini «olqishlashini» aytdi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:20 / 14.06.2026