Reuters: Eagle S neft tankeri ekipaji yana bir suvosti kabeli va gaz quvurini uzishni rejalashtirgan
Rossiyaning «soyadagi floti» tarkibiga kirishi aytilgan Eagle S neft tankeri dekabr oxirlarida langarini tushirgan holda harakatlanib, Estoniya va Finlandiya o‘rtasidagi Estlink 2 elektr kabelini ishdan chiqargandi.

Foto: AFP/Getty Images
Boltiq dengizida suvosti telekommunikatsiya kabeliga shikast yetkazishda gumonlanib to‘xtatilgan Eagle S neft tankeri ekipaji Finlandiya rasmiylari kema bortiga ko‘tarilgan vaqtda yana bir kabel va gaz quvurini uzmoqchi bo‘lgan. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Milliy tergov byurosining tergovga rahbarlik qilayotgan vakili Risto Loxining ma’lum qilishicha, kema ekipaji Estlink 1ʼning ikkinchi kabeli hamda Finlandiya va Estoniya o‘rtasidagi BalticConnector gaz quvurini uzishga tayyorlanayotgan bo‘lgan.
Finlandiya rasmiylari tanker to‘xtatilganidan keyin sakkiz nafar ekipaj a’zosining mamlakatni tark etishiga taqiq qo‘ygan. Ta’kidlanishicha, kema kapitani Gurjiston fuqaroligiga ega, qolganlar esa Gurjiston va Hindiston fuqarolaridir. Loxining aytishicha, sakkiz nafar gumonlanuvchi safiga yana bir kishi qo‘shilgan. Uning ham mamlakatdan chiqishi taqiqlangan.
Tanker bortida jami 24 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Risto Loxining aytishicha, tergov va so‘roqlar davom etmoqda, kemaning o‘zi musodara qilingan.
Eagle S neft tanker 2024 yil 26 dekabr kuni — Boltiq dengizidan o‘tgan Estoniya va Finlandiya o‘rtasidagi Estlink 2 elektr kabeli ishdan chiqqanidan ertasi kuni ushlangan. Fin chegarachilari kemani Porkkala sohiliga qadar kuzatib borgan. U langarni dengiz tubiga tashlab, qasddan kabelga shikast yetkazganlikda gumonlanmoqda. Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, Kuka orollari bayrog‘i ostida harakatlangan tanker Rossiya neftini Misrga olib ketayotgan bo‘lgan. Nashr kemani Rossiyaning «soyadagi floti»ga tegishli deb hisoblamoqda.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi
Sport | 10:12
-
Bahodir Jalolov ukrainalik raqibni mag‘lub etdi
Sport | 09:17
-
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:31 / 05.04.2025
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59 / 05.04.2025
Mavzuga oid

14:29 / 04.04.2025
Stubb: Parij yoki London Rossiya bilan muloqotda yetakchi bo‘lishi kerak

18:15 / 31.03.2025
Tramp Finlandiyadan muzyorar kemalar sotib olmoqchi

00:25 / 17.03.2025
Finlandiya AQShga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi

13:24 / 15.03.2025