Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI davlatlari Shveytsariyaning «harbiy Shengen»ga qo‘shilishini ma’qulladi
Mazkur loyiha qo‘shinlari butun Yevropa hududi bo‘ylab chegaralarda to‘xtab qolmasdan, tezkorlik bilan joylashtirishni tashkillashtirish imkonini beradi.
YeI davlatlari Shveytsariyani Yevropaning «Harbiy mobillik» (Military Mobility) mudofaa loyihasiga qo‘shishni ma’qulladi. Bu qo‘shinlari butun Yevropa hududi bo‘ylab chegaralarda to‘xtab qolmasdan, tezkorlik bilan joylashtirishni tashkillashtirish imkonini beradi.
«Harbiy mobillik» loyihasi harbiylarning Yevropa Ittifoqi bo‘ylab avtomobil, temiryo‘l, dengiz yoki havo orqali tez harakatlanishi va faolligini ta’minlaydi. YeIga a’zo davlatlardan tashqari, 2021 yilda loyihaga qo‘shilish taklifini Kanada, Norvegiya va AQSh, 2022 yilda esa Buyuk Britaniya olgan.
Shveytsariya unda ishtirok etish arizasini 2024 yil sentabrda bergan. Keyingi bosqichda loyihaga raislik qiluvchi Niderlandiya mamlakatni rasman taklif etishi kerak, so‘ng ma’muriy bitim tuziladi.
«Harbiy mobillik» loyihasining g‘oyasi AQShning Yevropadagi armiyasi qo‘mondoni general-leytenant Ben Xojyes tomonidan taklif etilgan. Loyiha 2017 yil dekabrda ishga tushirilgan, 2020 yil noyabrdan esa unga uchinchi davlatlar ham qo‘shilishi mumkin bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:32 / 25.06.2026
Gulnora Karimovaning Shveytsariyada musodara qilingan 43,5 mln dollar aktivlari tibbiyotga yo‘naltirildi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
08:53 / 23.06.2026
Starmer iste’fosidan so‘ng YeI – Buyuk Britaniya sammiti qoldirildi
08:55 / 20.06.2026